Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
355
Muni Bahrom shoh ollinda qil arz
Vale bilkim qilibmen xizmatin farz. 
Agar tutsa meni kelmakda ma’zur, 
Ne hukm etsa bo‘lay jon birla ma’mur. 
Ani ko‘rmakda g‘olibdur harosim, 
Sening ollingda budur iltimosim 
Ki, bu ma’nidin o‘tkorgaysen oni, 
Karam yo‘lig‘a boshqorgaysen oni. 
Erurmen gar bu nav’ etsang muruvvat, 
Qiyomatqa degin mamnuni minnat». 
Chu oni ko‘rdi Shorur asru mazlum, 
Kelib ahvolin etti shahg‘a ma’lum 
Ki: «Men yo‘q, balki Tengridur guvohi 
Ki, bu ishlarda yo‘q oning gunohi. 
Vale kelmakda ojizdur bag‘oyat, 
Manga qilsang bu kelmakni inoyat. 
Nekim holi desang, jon birla qilsun, 
Ne so‘ngra ahdu paymon birla qilsun». 
Ko‘rub Shorurg‘a ul qissani kom, 
Aning kelmokligidin kechti Bahrom. 
Dedi: «Lekin bu kishvar ahli ta’yin 
Qila olmosa nekim qilsa taxmin 
Ki, to Xusrav cherik chekmish bu sori
Ne nuqson bo‘lmish andin elga tori. 
Ham oncha vajh andin elga yetsun, 
Ani yetkurgach o‘z mulkiga ketsun. 
Vale ahd aylasunkim, yetsa filhol, 
Yana bir oncha andin qilsun irsol». 
Degach Shorur hukm ul notavong‘a, 
Eshitgach hukm, minnat qo‘ydi jong‘a. 
Nekim el istadi to‘kti xizona, 
Xizona sarf etib bo‘ldi ravona. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
356
Yana oncha yibormakka qilib ahd, 
Ani ham yetkurub ko‘p aylabon jahd. 
Yig‘ib Arman elin farxunda hokim, 
Qilib Farhod uchun raddi mazolim 
Ki: «Xusravdin ne ishkim bo‘ldi hodis, 
Kishikim desa Farhod erdi bois
Nekim arz etsa nobudu ziyondin, 
Olib za’fini, xushnud o‘lsun ondin». 
Bu so‘zdin sho‘ru g‘avg‘o tushti har yon, 
Fig‘on birla alolo tushti har yon 
Ki: «Haqdin borimizning iltimosi 
Bu erdikim, aning bo‘lsoq fidosi. 
Chu biz yo‘lida so‘z jondin degaybiz, 
Ne bo‘lg‘ay molkim, ondin degaybiz. 
Emas el royi birla hukmi taqdir, 
Nekim taqdir anga bo‘lmish ne tadbir. 
Duosig‘a hamisha mushtag‘ilbiz, 
Ne qilmish har ne qilmish ham bihilbiz». 
Muhosiblarg‘a ta’yin etti filhol 
Ki, ul el ichra qismat torti amvol. 
Tuzarga mulk aro hashmat asosin
Tilab el ichra Bonu aqrabosin. 
Birovnikim, topib borig‘a foyiq 
Ki, bo‘lg‘ay saltanat amrig‘a loyiq. 
Qilib Arman elining rodshohi 
Ki, bo‘lg‘ay kishvar ahlining ranohi. 
Qilib ul adl oyinini bunyod 
Ki, adlidin bo‘lub vayronlar obod. 
Ne yerkim buzdi beandoza Xusrav
Ani aylab imorat toza xusrav. 
Berib Bahrom anga hashmat asosin, 
Livou toju ganji beqiyosin. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling