Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
361
Qayu jismeki oning sihhati yo‘q, 
Qilurg‘a Tengri amrin quvvati yo‘q. 
Birovkim raxta birla suvni yutqay
O‘zung dekim, ne yanglig‘ ro‘za tutqay. 
Netib qilg‘ay safodin sajdae fosh, 
To‘shakdin ulki olmas lahzae bosh. 
Ul uch din ilmiyu bu bir badandur, 
Bular muhtoji yaxshi, gar yomondur. 
Ko‘rardin bu ulum o‘lg‘ach kaloli, 
Muborak tab’inga yetsa maloli. 
Ravon tarix sori rag‘bat ayla, 
Salotin birla azmi suhbat ayla. 
Jahondin ko‘rki kimlar kom olibdur, 
Bu eski dayr kimlardin qolibdur. 
Qani Tahmurasu
7
Jamshidu, Zahhok
8
Ki, har bir oldi olam mulkini pokg‘ 
Nazar qilkim, olib nettilar oxir, 
Nekim borin solib kettilar oxir. 
Alar xud kettilar gar kech, agar bot
Vale qoldi alardin dahr aro ot. 
Bu ot gar yaxshidur, yoxud yomondur, 
Qilurg‘a oni bois ko‘r, ne fandur. 
Qayu fankim shuru’ etmaklik onda
Kishidin yaxshi ot qolg‘ay jahonda. 
Qila olg‘oncha ul bo‘lsun shioring 
Ki, yaxshi ot qolg‘ay yodgoring. 
Chu din ilmig‘a komil bo‘ldi roying, 
Hal etti xotiri mushkilkushoying. 
Emas hojat ne qil deb kimsadin rand 
Ki, ham olimsen ul dam ham xiradmand. 
Nazar qilkim ne amru nahy etar Haq
Haq amru nahyidin bosh chekma mutlaq. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
362
Ne kim qil deb turar favt etmagil hech, 
Nelarkim qilma debtur borchadin kech. 
Vagar hikmatqa bo‘lsa iltifoting 
Ki, bo‘lsun Nuh umricha hayoting. 
Burun qil o‘z mizojingg‘a taammul, 
Ne holi bor ekonni angla bilkul. 
Chu tahqiq anglading hikmat musirdur
Mungakim ne mufidu ne muzirdur
9

Mufid ashyog‘a doyim ishtig‘ol et, 
Vale bor ishda mayli e’tidol et. 
Nekim bo‘lsa muzir, bo‘lg‘il haroson 
Ki, bo‘lg‘ay tab’inga mushkillar oson. 
Nekim bo‘lsa mizojingg‘a guvoro, 
Anga ko‘p mayl qilma oshkoro. 
Bu so‘zni ahli hikmat deb durur xo‘b, 
«Yamondin oz behkim, yaxshidin ko‘r»
10

g‘izo bo‘lsa mufidu tab’ rog‘ib, 
Bas et tab’ing hanuz o‘lg‘onda tolib. 
Bu dog‘i tormag‘uncha hazmi komil
Badanni qilma ortuq yukka homil. 
Agar hayvon suyidur g‘ayri maqdur, 
Erur gar me’da qilmas hazm, ma’zur. 
Bu yanglig‘ hikmat oyinida chust o‘l 
Ki, doyim komronu tandurust o‘l. 
Vagar tarix sori aylagung mayl, 
Muni bilgachki ne ish qildi har xayl. 
Salotineki bo‘ldilar jahongir
Ne yanglig‘ qildilar har ishda tadbir. 
Qayu zulm ayladi, qay bir adolat, 
Ne ishga ayladi har bir dalolat. 
Ne ishdin mamlakat obod bo‘ldi, 
Qayu ishdin ulus barbod bo‘ldi. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling