Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
369
Meni el, men dog‘i elni unutsam. 
Bori ashg‘oldin shah tutsa ma’zur 
Ki, bo‘lsam so‘z demok shug‘lig‘a ma’mur. 
Yana shoh iltifoti bo‘lsa goh-goh 
Ki, bo‘lsa nazm yo nozimdin ogoh. 
So‘zumga gah berib islohdin zeb, 
Gahi in’omi etsa so‘zga targ‘ib
14

Deyolmasmenki, Xusrav yo Nizomiy, 
Va yo nazm ahlining sarxayli Jomiy 
Nechukkim chektilar til xanjarini, 
Sarosar oldilar so‘z kishvarini. 
Alar o‘trusida men ham chekib tig‘, 
Chekarga so‘z sinonin qilg‘amen big‘. 
Vale Haq lutfig‘a eltib ranohi, 
Shah iqbolidin istab takyagohi. 
Deyolg‘aymenki, ko‘p aylab tazarru’, 
Bularg‘a aylay olg‘aymen tatabbu’ 
Ki, arz etsam manga yetmay malolat
Havodorimg‘a yuzlanmay xijolat. 
Bo‘lub ahsanta lafzi elga oyin, 
Yetishgay shahdin ehson, dog‘i tahsin. 
Nizomiy olsa Barda’
15
birla Ganja, 
Qadam Rum ahlig‘a ham qilsa ranja. 
Chekib Xusrav dag‘i tig‘i zabonni, 
Yurub fath aylasa Hindustonni. 
Yana Jomiy ajamda ursa navbat
16

Arabda dog‘i cholsa ko‘si shavkat. 
Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur, 
Muayyan turk ulusi xud meningdur
17

Olibmen tahti farmonimg‘a oson, 
Cherik chekmay Xitodin to Xuroson. 
Xuroson demakim, Sherozu
18
Tabrez
19


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
370
Ki, qilmishdur nayi kilkim shakarrez. 
Ko‘ngul bermish so‘zumga turk jon ham, 
Ne yolg‘uz turk, balkim turkmon ham. 
Ne mulk ichraki bir farmon yibordim, 
Aning zabtig‘a bir devon yibordim
20

Bu devon tutti ul kishvarni andoq 
Ki, devon tuzmagay daftarni andoq. 
Necha daftar qaro qilg‘aymen oxir, 
Jihatsiz mojaro qilg‘aymen oxir. 
Navoiy necha degung so‘zni hazyon, 
Bu hazyonlarni qo‘y, bir Tengriga yon. 
So‘zing hazyon, magar uyqudadursen 
Ki, ma’ni qasdidin osudadursen. 
Bu g‘aflat uyqusidin bir ko‘z ochqil, 
Yuzungga ashk – uyqu daf’i sochqil. 
Urub yuzga nadomat ashkidin suv
Magar ketgay ko‘zungdin bo‘yla uyqu. 
Bu suv yo‘q ko‘zni qilg‘ay uyqudin pok, 
Ko‘ngulni dog‘i qilg‘ay qayg‘udin pok. 
Demon ko‘zu ko‘ngul hangomasin ham 
Ki, pok etgay amalning nomasin ham. 
Nadomat ashkidin har zori g‘amnok, 
Yub etsa nomai a’molini pok. 
Ul ashkin abri rahmat yomg‘uri bil, 
Ne yomg‘ur, fazl bahrining duri bil. 
Ilohiy, so‘zni chektim rech darrech
Hijo tumori yanglig‘ sarbasar hech. 
Kimon qilmon xatokore o‘zumcha, 
Xato ham sarbasar tormon so‘zumcha. 
O‘tub umr etmayin bir safha oro 
Ki, bo‘lmay yuz varaq jurm oshkoro. 
Chu mushkafshon bo‘lub xomam qarosi, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling