Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
333
Nechuk men juft ko‘zlay, ul borib toqg‘ 
Vafo ahli ishi mundoq bo‘lurmug‘ 
Vafo aylar kishi mundoq bo‘lurmug‘ 
Firoqida bukunluk-tonglaliqmen, 
g‘amidin o‘ylakim, suvsiz baliqmen. 
Baliq holi bu bo‘lg‘ay suvdin ayru 
Ki, tolrinmoqdin o‘lg‘ay istabon suv. 
Aning hajrida tolrinmoq ishimdur, 
Chu tolrindim, o‘lub tinmoq ishimdur. 
Manga chun yo‘q tiriklikning falohi
Siz aylang ulcha bo‘lg‘ay el salohi. 
Ulusg‘a ko‘p shikanju ranj berdim, 
Men archi bermadim, bois men erdim. 
Tiriklikda xud ettim elni noshod, 
O‘larda bori etmay zulmu bedod». 
Mihinbonu chu torti bo‘yla ruxsat, 
Chiqib xushdil, g‘animat ko‘rdi fursat. 
Saloh amrida bog‘lab chust belni
Tilab Xusrav qoshidin kelgan elni, 
Dedi: «Shoh ollig‘a ayting salomim, 
Yana bu nav’ arz aylang rayomim 
Kim, ul kundinki doroyi zamona 
Ki, bo‘lsun toju taxti jovidona, 
Qilib rayvand e’lomin sarog‘oz, 
Meni bu so‘z bila qildi sarafroz. 
O‘pub maktubni qoshimg‘a qo‘ydum, 
Sudo’ afsunidek boshimg‘a qo‘ydum. 
Qilib qosidg‘a oyini muroot, 
Chiqordim charx uza ko‘si mubohot. 
Va lekin ko‘rguzub dilreshliq ham, 
Qilib oyini durandeshliq ham. 
O‘zum-o‘q qildim o‘z aybimni izhor


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
334
Shikasti gavhari jaybimni izhor. 
Ne bildimkim bu so‘zda rayb ekandur, 
Demak o‘z aybini xud, ayb ekandur. 
Bu dam hamkim yetubtur hukmi shohiy
Erurmen ulcha mumkindur mubohi. 
Agar shah ko‘nglida yo‘qtur kudurat, 
Qilurbiz xizmatin jondin zarurat. 
Vale voqe’ bo‘lubtur bir ajab ish 
Ki, andindur manga ranju taab ish 
Ki, bu muddatki darbandonliq erdi, 
Falakdin bizga sargardonliq erdi. 
Haroratdin havo erdi shararrez
Yubusatdin yel erdi otashangez. 
Xaloyiq kasratig‘a yo‘q taayyun, 
Tushub qo‘rg‘on aro andin taaffun. 
Latofat jo‘yborining tazarvi, 
Malohat gulshanining zod sarvi. 
Jamol ayvonida mohi dilorom 
Ki, bo‘lsun shahg‘a oning vaslidin kom. 
Bo‘lub ozurda ul noxush havodin, 
Nishoti bulbuli qolmish navodin. 
Haroratdin tushubtur bistar uzra, 
Nechukkim axgare xokistar uzra. 
Qavidur ul sifat ranju maloli 
Ki, bordur har zamon bir o‘zga holi. 
Magar shah lutfi-o‘q yovarliq etgay, 
Mening jurmumg‘a uzrovarliq etgay. 
Yiborgay lutf birla nomai afv, 
Xato xattig‘a surg‘ay xomai afv 
Ki, el ozod o‘lub mahbusliqdin, 
Qutulg‘ay qal’a ham madrusliqdin». 
Ufunatdin qutulsa sarvi gulrux


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling