1-Ma’ruza. Biologiya fani, vazifalari, muammolari. Tirik organizmlarning tasnifi. Tiriklikning xossalari. Tiriklikning tuzilish darajalari
Reja:
Biologiya fanining vazifalari.
Biologiya fanlar sistemasi.
Biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari
Tirik organizmlarning asosiy belgilari.
Tiriklarning tuzilish darajalari
Tirik organizmlarning zamonaviy sistemasi.
Tayanch iboralar: Biologiya, botanika, zoologiya, biokimyo, paleontologiya, sitologiya, genetika, oziqlanish, o’sish va rivojlanish, modda almashinuvi, molekula, hujayra, organizm, populyasiya, biogeosenoz, biosfera, biologik xilma-xillik, ekologiya, «Qizil kitob».
1.Biologiya fanining vazifalari. Biologiya fanlar sistemasi.Biologiya atamasi 1802 yilda bir-biridan mustasno fransuz olimi J.B. Lamark va nemks olimi G.R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan bo’lib, yunoncha «Bios – hayot», «1ogos – fan», Ya’ni hayot haqiidagi fan degan ma’noni anglatadi. Biologiya qisqacha aytganda hayot, uniig shakllari, tuzilishi, rivojlanish qonuniyatlari to’g’risidagi fandir.
Biologiyaning tekshipish obyekti bo’lib o’simliklar, hayvonlar, zamburug’lar, mikroorganizmlar, odamlar, ularning organ, to’qima, hujayra va hujayra komponentlarining tuzilishi, funksiyalari, kimyoviy tarkibi, ularda kechadigan jarayonlar hamda organizmning shaxsiy va tarixiy rivojlanishi, jamoalari, ularniig o’zaro va anorganik tabiat bilan aloqasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |