2. Biologiya fanlari sistemasi.Biologiya tabiiyotshunoslik fanlari qatoriga kiradi. Tekshirish obyektiga ko’ra biologiya fani bir qancha cohalapga bo’linadi. Botanika - o’simliklar, zoologiya - hayvonlar to’g’risidagi fan ekanligi sizlarga ma’lum. Anatomiya-organizm va uning organlar sistemasining tuzilishi va shaklini o’rganadi. Fiziologiya - organizm va ayrim organlar, ularning hayotiy funksiyalarini tekshiradi. Sistematika - o’simlik va hayvonlarning sistematik guruhlari va ularning o’zaro qarindoshlik munosabatlari haqidagi fan. Paleontologiya - qazilma holdagi organizmlarni, embriologiya esa embrionning rivojlanishini tekshiruvchi sohadir. Ba’zi fanlar biologiyaning va tabiiyotshynoslik fani boshqa sohalarining hamkorligi tufayli tarkib topgan. Organizm hayot faoliyatini tashkil etuvchi kimyoviy moddalar va jarayonlar haqidagi - biokimyo, tirik sistemalardagi fizik qonuniyatlar va ko’rsatkichlarni tadqiq qiluvchi biofizika shynday fanlardir. Umumiy biologiyaning asosiy vazifasi hayot mohiyati, uniig tuzilish darajalari, shakllari, rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini tadqiq qilishdan iborat.
Umumiy biologiya biologiya fanining tabora rivojlanayotgan sohalari - sitologiya va genetika; evolyusiya ta’limoti, ekologiya, paleontologiya, embriologiya, molekulyar biologiya, biogeosenologiya hamda tabiiyotshunoslikniig boshqa sohalaridagi bilimlar asosida jamlangan kompleks fandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |