1-Ma’ruza. Biologiya fani, vazifalari, muammolari. Tirik organizmlarning tasnifi. Tiriklikning xossalari. Tiriklikning tuzilish darajalari Reja


Download 40.84 Kb.
bet6/6
Sana30.11.2021
Hajmi40.84 Kb.
#178053
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza Biologiya fani, vazifalari, muammolari. Tirik organizmlarning tasnifi. Tiriklikning xossalari. Tiriklikning tuzilish darajalari

6. Tiriklarning tuzilish darajalari. Biologiya faniniig so`nggi yutuqlari tufayli hayot har xil darajada tuzilganligi ma’lum bo’ldi. Hozirgi fan hayotni molekula, hujayra, organizm, populyatsiya - tur, biogeosenoz, biosfera darajasida tadqiq qilinadi. Har qanday biologik sistema tuzilish jihatidan qanchalik murakkab bo’lmasin, makromolekulalar -­nuklein kislotalar, oqsillar, lipidlar va polisaxaridlar va boshqa bir qator organik moddalardan iboratdir. Tiriklikning .molekula darajasidayoq organizm hayot faoliyati bilan bog’liq bo’lgan moddalar va energiya almashinishi, irsiy axborot berilishi boshlanadi. Hujayra barcha organizmlarniig tuzilishi, funksional va rivojlanish birligi hisoblanadi. Hayot tuzilishiniig hujayra darajasuda irsiy axborot berish, moddalar va energiya almashinuvi ro`y beradi va tiriklikning bir butunligi ta’minlanadi. Hayotning organizm tuzilish darajasining birligi individ hisoblanadi. U tug’ilishdan o’lishgacha tirik sistema deb qaraladi. Organizm tuzilish darajasida har xil funksiyani bajaruvchi muhim organlar tizimi rivojlanadi. Tur tarqalgan are­alning ma’lum qismini egallagan, bir-biri bilan erkin chatisha oladigan bir turga mansub organizmlar guruhi populyatsiya deb ataladi. U tiriklikning organizmdan yuqori darajasi hisoblanadi. Hayot tuzilishining shu darajasidan boshlab evolyusion yangilanish amalga oshadi. Tabiatda har qanday organizm turi alohida yashamaydi. Uning hayoti atrofini o’rab turgan boshqa tur organizmlar, anorganik tabiat biogeosenotik kompleksi bilan chambarchas bog’liq. Hayotning biogeose­notik darajasi deyilganda tuzilish jihatdan har xil tur organizmlarning anorganik tabiat bilan bog’liq bo’lgan barqaror sistemasi tushuniladi. Hayotning biosfera darajasi barcha biogeosenozlar yig’indisi, u yerdagi turli-tuman hayotiy ko’rinishlarni qamrab oladi. Hayotning bu darajasida moddalar va eiyergiyaning davra bo`ylab aylanishi ro`y beradi va hamma tirik organizmlar hayot faoliyati bilan aloqador bo’ladi.
Nazorat savolari:

1. Kuzatish metodi ?

2. Taqqoslash usuli?

3. Tirik organizmlarning asosiy belgilari?



4. Biogeose­notik darajasi?

5. Tiriklarning tuzilish darajalari?
Download 40.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling