Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
313 Chekib zaxmini tikkon rishta har yon, Solib ul tori xunog‘ushta har yon. Bu yanglig‘ raxnalar birla ochib ul, Ajal kirmakka, jon chiqmoqqa ham yo‘l. Ajal ko‘ksini rora-rora aylab, Chiqorg‘a xayli umri chora aylab. Chiqib ko‘ngli o‘tidin dudi anduh, Tutub mehnat sahobi vodiyu ko‘h. Boshi ustida oning zor yig‘lab, Yomon holig‘a majnunvor yig‘lab. Yarodin jismi sarto-sar ochib gul, Bu gullar qatra qonlardin sochib gul. Sochilg‘on gul bila atrofi gulrez, Dema gullarki, o‘tlar sochilib tez. Guli zohir qilib har yon guli dard Topib davron o‘tidin otashin vard. Debon boshimni yonch, ey charxi zarkor Kim, ul ermas bukundin nori darkor 1 . Ko‘zum o‘y, ey baliyat qahramoni Kim, ul ko‘rmas bu kundin so‘ngra oni. Tilim, ey tig‘i g‘am, kes betavahhum Ki, emdi istamon ondin takallum. Damim yo‘lini tut, ey charxi kinxoh Ki, bordi emdi chekmak nolau oh. Oyog‘im sindur, ey anduh toshi Ki, ketti ro‘yadin emdi xaroshi. Tanimni g‘ayr kuydurgil demasmen Ki, bu dard o‘tidin rozi emasmen! Ajal, ko‘ksumni sarto-sar shigof et, Borurda ranjdin ko‘nglumni sof et! Taab, ko‘nglumni yuz ming rora ayla, Adam sori borin ovora ayla! Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 314 Falak, bag‘rimni qil rarkand-rarkand Ki, emdi bordi ondin bizga rayvand! Manga, ey ishq, hamdardona bording, Qusure qilmading, mardona bording. Boshimdin emdi, ey hijron g‘ami, kech, Xudo yoringki, taqsir etmading hech! Tanim tufroqqa, ey g‘am, muttasil qil, Nekim mendin sanga yetmish, bihil qil. Tilab qatlim boshimdin oshqil, ey yosh, Yuzumga har ne sendin keldi, shobosh. Azimat ayla mohim sori, ey oh, Qo‘shay jonimni, qil o‘zungg‘a hamroh! Boqib sahrog‘a to‘kti ashki sofi Ki, ey dardu g‘am ahlining matofi! Rafiqi xokiyu hamvoru soda, Nekim vasf aylasam andin ziyoda. Base ko‘rdung ayog‘im zarbidin ranj, Base ro‘yam bila bo‘ldung alamsanj. Yoshim seli bila bag‘ringni yordim, Yugurmak birla gardingni chiqordim. Bu soat mehnatimdin forig‘ o‘ldung, Bihil qilg‘ilki, ranjimdin qutuldung. Bo‘lub bu motamidin dasht g‘amnok Ki, vodiydin yaqosin aylabon chok. Boqib qildi vasiyat tog‘ sori, Dedi: «K-ey, ofarinish burdbori. Uluvvi qadring aylab ko‘kka ohang, Shukuhi hilmdin zoting garonsang. Yetakdin notavonlarg‘a ranahsen, Hajardin xastalarg‘a tak’yagahsen. Sanga mendin yetibdur oncha yotliq Ki, yuzungdin uyotliqmen, uyotliq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling