Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
309
Ki, keldi ko‘ngluma bu sarzamin xush. 
Yumishmen umrdin garchi ilik men
Vale bu tog‘ aro men to tirikmen. 
Vafosizdur chu xayli odamizod, 
Vafosizni ne qilsun odami yod. 
Qaro toshdin vafou mehr umidin 
Tama’ qilmoq bo‘lur, yo‘q odamidin! 
Eshitti chun bu afsunlarni Farhod
Bag‘oyat bo‘ldi andin xotiri shod. 
Tabarruk istabon tufrog‘in o‘rti, 
Niyoz aylab, oyog‘in dog‘in o‘rti. 
Dedi: «K-ey orazingda nuri tavfiq, 
Zamiring maxzani asrori tahqiq. 
Bukim dahr ahlig‘a nomuttafiqsen, 
Muhiqsen, billahu vallah muhiqsen!
5
Vafosizliq jahon ahlig‘a xo‘dur, 
Vafo eldin alarg‘a justujo‘dur. 
Bo‘lur ma’lumkim bir amri noxush
Zamiring bu sifat qilmish mushavvash. 
Magar Armanda amre bo‘ldi tori 
Ki, yuqti ko‘nglunga oning g‘ubori». 
Dedikim: «Yey o‘g‘ul, chindur kaloming, 
Javobin dog‘i chin aylay rayoming. 
Vido’ etmish bu kishvardin amonlig‘, 
Amonlig‘ o‘rnig‘a kelmish yamonlig‘. 
Nihoyatdin erur ko‘p anda ofot, 
Vale bukim ayon bo‘ldi bu avqot. 
Mihinbonu bila Xusrav yaroshti
Xususiyat apoda haddin oshti. 
Solib rayvand ishin Xusrav arog‘a, 
Bu ham berdi rizo ul mojarog‘a. 
Iki yondin yoyib vuslat bisotin, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
310
g‘animat bildi el ayshu nishotin. 
Aningdek fisq ila lahv o‘ldi oyin 
Ki, bo‘ldi bartaraf islom ila din. 
Qolib may selig‘a ul kishvaru taxt
Saloh ahli arodin chektilar raxt. 
Chu har kim bordi bir yon zoru g‘amnok, 
Bu sori soldi men g‘amginni aflok. 
Vale bu turfaroqkim, ul jamoat, 
Unuttilar chu oyini salomat. 
Xudo soldi apoda ranji jovid
Murodidin borini qildi navmid». 
Tana’um shomi sham’idin borib nur, 
Mubaddal bo‘ldi motam birla ul sur. 
Hamul gulruxki, derlar oni Shirin
Bu ma’nidin ekandur asru g‘amgin. 
Chu bo‘ldi aqd amri oshkoro, 
Chekib gardung‘a afg‘on bemadoro. 
O‘ziga qatl tig‘in urdi filhol, 
O‘zin bu g‘ussadin o‘lturdi filhol. 
Dedi ba’ziki: «No‘sh etgan durur zahr 
Ki, bo‘lg‘ay no‘shidin Rarvez bebahr». 
Bori taqdir ila ul sarvi navxez, 
Baqo mulkiga soldi gomini tez. 
Anga oshiq emish bir zori noshod, 
g‘aribe, dardmande oti Farhod. 
Firoqi ichra yub ilkini jondin
Aning ishqi bila bordi jahondin. 
g‘amidin ohu afg‘on birla bordi, 
Aning vaslidin armon birla bordi. 
Ishe qildiki, kelmas ul kishidin 
Ki, yuz shayullah oning ul ishidin. 
Ne ruhi pok edi ul sarvi cholok 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling