Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
303
Savodi erdi mehnat dudasidin
Balo bozori mushki sudasidin. 
g‘am ahlining savodi motami ul. 
g‘alat qildim, savodi a’zami ul. 
Ayoqdin-boshqa dardu g‘am nishoni, 
Bori mehru muhabbat dostoni. 
Xazoni hajr ketmakning navidi, 
Bahori vasl yetmakning umidi. 
Midodi mushki diljo‘yi muhabbat, 
Kelib har harfidin bo‘yi muhabbat. 
Hikoyatlar sarosar mahramona, 
Bo‘lub har birda zohir yuz nishona. 
Vafodinkim bo‘lub har so‘z adosi, 
Bo‘lub har so‘zda bir-birning fidosi. 
Burung‘i nomalardin ko‘p surub roz. 
Vafou mehr anga anjomu og‘oz. 
Vafodin va’dau paymonlar aylab, 
Bu paymonlar uza aymonlar aylab. 
Bo‘lub ko‘p zikr maktub ichra Rarvez
Ani deb gohi zolim, gohi xunrez. 
Bitib Armanni vayron qilg‘onini, 
Ulusqa g‘orati jon qilg‘onini. 
Qilib ishqida yuz ming ta’na og‘oz 
Ki, ulkim, ishq sirridin demak roz 
Ki, chekkay tig‘u urgay ishq lofin
Musallam kim tutar mundoq gazofing‘! 
Quloq ishq ahli solmas bo‘yla so‘zga 
Ki, shahliq o‘zgadur, oshiqliq o‘zga. 
Kerak oshiqqa jon — jonon fidosi. 
Tilar ul qilsa jonon — jon fidosi. 
Agar oshiq budur, ma’dum xushroq, 
Visol iqbolidin mahrum xushroq. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
304
Haq andin asrasunkim, bo‘yla oshiq 
O‘zin ko‘rgay murod avjida foyiq. 
Chu ul maqsud bilmish ishqdin kom, 
Mening vaslim xayolidur anga xom. 
Erur bu ishda sa’yu ehtimomi, 
Tamomi harzau zoe tamomi. 
Mening jismimda to jondin ramaqdur
Ishim qo‘rg‘onda o‘zni asramaqdur. 
Qazo qilsa meni oning asiri, 
O‘lumdin chun kishining yo‘q guziri. 
Tanimni aylabon xanjar bila chok, 
Ani qilmay visolimdin tarabnok. 
Bu yanglig‘ ko‘p hadisi otashangez 
Ki, bir-bir o‘qudi borini Rarvez. 
Balou dard o‘ti jonig‘a tushti, 
Tazalzul jismi vayronig‘a tushti. 
Agar insof ila aylab taammul, 
Bilibkim, har nekim yozmishdur ul gul. 
Savob ish mutlaq oning jonibidur, 
Bori ishda Haq oning jonibidur. 
Va lekin saltanat nomusu nomi
Yana surmak havoyi nafs komi. 
Ani insof sori qo‘ymayin hech, 
Solib ko‘ngliga fikri rech-darrech. 
Ishorat aylabon Shorurg‘a band, 
O‘zi g‘am bandida Shorur monand. 
Buzurg Ummidni chorlab nihoni, 
Arog‘a qo‘ydi rinhon mojaroni 
Ki, bu ish anduhidin chiqti jonim
Ko‘ngildin ko‘z sori mayl etti qonim. 
Manga bu dard aro bir chora qilg‘il, 
Halok o‘lg‘umdurur yo‘q ersa, bilgil. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling