Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
295
Yig‘ilib halqa urg‘on mojapoda, 
Meni yo‘qlarmu erkinlar apodag‘ 
So‘ngak chaynarda aylab qahru kinlar, 
Qurug‘ jismim sog‘inurmu ekinlarg‘ 
Qilurda tu’ma toshdin yonchqon bosh
Bilurlarmukin yer boshim nelar toshg‘ 
Su sori tillari qilg‘on zamon mayl, 
Sog‘inurlarmu ashkim suyini selg‘ 
Bo‘yinlarig‘a sagbon cheksa zanjir, 
Sog‘inurlarmu zanjirimni bir-birg‘ 
Qilodang tavqidin har dam topib zavq
Sog‘inurlarmu tushkan bo‘ynuma tavq?
1
Yotib bosh qo‘ysalar ul ostong‘a, 
Qolur erkinmu yer bu notavong‘ag‘ 
Bilibkim manga ne yetmish qazodin, 
Ulurlarmu ekin har tun azoding‘ 
Hinodin qo‘llarin ko‘rganda rangin, 
Ko‘zum qonin sog‘inurlarmu erking‘ 
Rasan torsa bo‘yunlarig‘a rayvand, 
Bilurlarmu ekin bo‘ynumda yuz bandg‘ 
Bular ichra bor erdi bir zaif it, 
Meningdek zoru majruhu nahif it. 
Tani zoru so‘ngak birla bo‘g‘unlar, 
Mashaqqat torig‘a solib tugunlar. 
Quloqdin ikki yuzga rarda solib
Yuzin ochmoqqa itlardin uyolib. 
Qilibon quyrug‘in sudrarni resha, 
Horib ul yukni tortordin hamisha. 
Chibinlar jismini majruh etar chog‘, 
O‘luksa uzra andoqqim suruk zog‘. 
Ichimdek xasta jismining xaroshi, 
Boshimdek, dard tufrog‘ida boshi. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
296
Ichimda hajr o‘qi solg‘oncha yora, 
Qo‘turdin oncha zaxmi oshkora. 
Mening zaxmimdag‘i qonlar nihoni, 
Nihon aylab aning zaxmini qoni. 
Meningdek za’f o‘tidin jonida o‘rt, 
Yuzung ko‘rmak xayolidin ko‘zi to‘rt. 
Vafo bobida ikkimizda da’vo, 
Muhabbat shartida ham bizda da’vo. 
Topib o‘z holatin bu notavonda, 
Manga ulfat tutub ul ostonda. 
Mening holimg‘a ul aylab tarahhum
Anga ul nav’kim ahli tana’um. 
Ko‘rubmen anda mardumlig‘ nishoni, 
Ko‘zumda indabon mardumdek oni
2

Ko‘zum qonining oqmog‘in chu boqib, 
Aning dog‘i ko‘zumdek qoni oqib. 
Rafiq erdi manga men ham rafiqi, 
Mening holimg‘a rifq oning tariqi. 
Ne erkin za’f ichinda holi, yo Rab, 
Bu itdekmu ekin ahvoli, yo Rabg‘! 
Tororda ostoningda ranohi, 
Meni ko‘zlarmu erkin goh-gohig‘! 
Ko‘ngulda o‘ylakim dardi nihoning 
Kirarmenmu ekin ko‘ngliga oningg‘ 
Yalar vaqti jarohatlarni darham
Bilurmu, yo‘q mening zaxmimg‘a marhamg‘ 
Ayog‘i ko‘yunga gah-gah yetarmug‘ 
Agar yetsa bu itni yod etarmug‘ 
Sanga jonni fido qilmoq havosi, 
Ne haddimkim bo‘lay ul it fidosig‘ 
Sening holing so‘rarg‘a qayda yoro, 
Bas oning holin etsam oshkoro. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling