Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
291 Demon mendin sening darding erur kam, Sening ham ko‘rturur darding, mening ham. Vale yuz muncha dardi toza birla, g‘amu anduhi beandoza birla, Chu dardu g‘urbatingni yod etarmen, Hazin jonimg‘a yuz bedod etarmen. Agarchi bo‘lg‘oli ishqing asiri, O‘tar aflokdin ohim nafiri. Dame xush urmadim afg‘on ichinda, Dame xush bo‘lmadim hijron ichinda. Olib dushman sirohu afsarimni, Qilib toroj mulku kishvarimni. Menu xaylim nechukkim bumi manhus, Bo‘lub bir g‘or aro tog‘ ichra mahbus. Munungdek mulkning shohu faqiri, Bo‘lub boshdin-ayoq dushman asiri. Tutulg‘onlar qilib jonini taslim, Qutulg‘onlarni har dam o‘lturub bim. Bular elga mening ishqim ishidin, Qulog‘im yolqibon el qarg‘ishidin. Qilib jonimg‘a qasd eldin uyotim, O‘chub Bonu uyotidin hayotim. Vale yuz muncha mehnat bo‘lsa erdi, Ne yuz, ming muncha shiddat bo‘lsa erdi, Seni ko‘rsam edi nogoh-nogoh, g‘amim yo‘q erdi billoh, summa billoh 8 . Bu dam hamkim firoqingdin o‘lubmen, Yuz o‘lgandin ham ortuqroq bo‘lubmen. Hayotim vaslinga ummid ilandur, Umid ul rahmati jovid ilandur. Agar hajringda yuz yil g‘ussakashmen, Agar vasling umidi bo‘lsa xushmen. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 292 Tavaqqu’ ulki bu oshufta noma Ki, bu oshufta qildi naqshi xoma. O‘qub mazmunidin olsang hisobin, Karam aylab yiborgaysen javobin Kim, ul har g‘amda bo‘lg‘ay hirzi jonim, Balou g‘ussadin xatti amonim. Chu bo‘lsang holima ogohu a’lam, Javobin ham yibor, vallohu a’lam». O‘qub bu nomani ul zori badhol, Ko‘p urdi tob jismi o‘ylakim nol. Gahi bexud chekar erdi fig‘oni, QO‘pub yuz charx urar erdi zamoni. Junun osorini ko‘p zohir etti, O‘ziga keldi gohi, goh ketti. Junundin garchi ko‘p bo‘ldi nafiri, Yo‘q erdi noma yozmoqdin guziri. Chiqordi noma asbobini Shorur, Murakkab aylamakka mushku kofur 9 . O‘zin devona bir dam zabt qildi Kim, ul dardu balo sharhi yozildi. Berib Shorurni qildi ravona, O‘zi dard o‘ti ichra qoldi yona. Yugurdi nomabar chun noma olib, Ne nav’ o‘lsa o‘zin qo‘rg‘ong‘a solib 10 , Yetib mahvashning ollinda yer o‘rti, Bitikni yerga qo‘ydi, dog‘i qo‘rti. Sumanbar yig‘layu xilvatqa kirdi, Sarodin hujrai mehnatqa kirdi. Ochib chunkim o‘quy boshlodi oni, Bu yanglig‘ erdi ul g‘am dostoni. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling