Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
289
Kishi gar ko‘ksini yuz rora qilsun
Falak bedodig‘a ne chora qilsung‘! 
Aning bedodidin kim bo‘lsa noshod, 
Qilur jonig‘a bedod uzra bedod. 
Necha sen bastai bandu balosen, 
Balolar bandi ichra mubtalosen. 
g‘amu dardingcha dard imkoni yo‘qtur, 
Balou mehnating royoni yo‘qtur. 
Vale bo‘lmish jahon ahlig‘a ma’lum 
Ki, ilgingda qotiq xoro erur mum. 
Chekarga dardu anduh jur’ating bor, 
Balo tortarg‘a sabru toqating bor. 
Agarchi furqatimdin notavonsen, 
Vale ham ersenu ham rahlavonsen. 
Agar tug‘yon qilur hijron maloli
Qilursen oh ila ko‘nglungni xoli. 
Mashaqqat o‘ti qilsa jisminga kin, 
BErursen ashk seli birla taskin. 
Yetishgach dard chun har yon ketarsen, 
Fig‘onu ro‘ya birla daf’ etarsen. 
Agar ko‘ksungga ursang g‘ussa toshi, 
Vagar joningga mehnat durboshi
6

Nekim qilsang so‘zi sig‘mas kishining 
Ki, bu tavri bo‘lur oshiq ishining. 
Meni zoru zaifu roshikasta, 
Boshimdin to ayoq a’zo shikasta. 
Firoqing tig‘idin yuz rora jonim
Ne jonim, balki jismi notavonim. 
Kuyub hajr o‘tidin jonu ko‘ngul ham, 
Ne kuymakkim, bo‘lub yuz qatla kul ham. 
Ichimga shu’lai ishqing tutoshib, 
Tutoshib demakim, boshimdin oshib. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
290
Ichimda bo‘lsa yuz o‘t oshkoro, 
Nafas dudin urarg‘a qayda yorog‘! 
Gar o‘lsa la’l birla ko‘zlarim kon, 
Oqizmoq qatrae andin ne imkon. 
Necha xotun kishi bor ersa tavsan, 
Bo‘lub ozodalig‘da sarvu savsan. 
Jamol ichra mahi tobondin afzun, 
Mahi tobonni qo‘ykim, ondin afzun. 
Anga yaxshiki aylab dilraboliq, 
Vafo ahlig‘a qilg‘ay bevafoliq. 
Haq andin asrasunkim ul zabunvash, 
Birovning ishqidin bo‘lg‘ay mushavvash. 
Girihlar hajrdin qoshig‘a tushgay, 
Girihlik ishq ishi boshig‘a tushgay. 
Ne ishq o‘tig‘a kuymaklikka tobi
Ne andin qurtulib joni xarobi. 
Ayog‘ ostig‘a qolsa notavon mo‘r, 
Ketursa qatlig‘a yuz ajdaho zo‘r. 
Chu ul bo‘lmish xaloyiq roymoli, 
Yuz ajdar changida bo‘lg‘ay ne holi. 
Chaqilsa barq olam ichra bebok, 
Tura olg‘aymu o‘trusida xoshokg‘ 
Bu mushkilroqki mundoq zoru bedil 
Ki, bedilliq erur jonig‘a mushkil. 
Anga bir yon erur yuz muncha afsus, 
Yana bir yon hijobi nangu nomus. 
Nihoni ursa tun-kun yuz tuman rech, 
Agar nomusi bordi borchasi hech. 
Bag‘oyat mushkul ish ermish, bag‘oyat 
Ki, oshiq nangu nom etgay rioyat. 
Uchursa ohi yetti ko‘k
7
niqobin, 
Yuzidin ochmag‘ay burqa’ hijobin. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling