Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
287 Zanaxdonim bila zulfi girihgir, Hazin ko‘nglungga erkin chohu zanjirg‘ Qarog‘im durri ashking qilsa kavkab, Bo‘lurmu ko‘zlaring durdin labo-labg‘ Qadim hijroni bo‘lsa kinaxohing, Chiqormu sarv yanglig‘ dudi ohingg‘ Xayol etsang xiromimdin shamoyil, Ravoning chiqqali bo‘lurmu moyilg‘ Belimdin za’f bo‘lsa ko‘nglunga hol, Bo‘lurmu mo‘yadin mo‘, noladin nolg‘ Tanim siymi ichingni qilsa mahzun, Bo‘lur erkin yuzung ul g‘amdin oltung‘ Maqoming tog‘ yo sahromu erkin, Yoningda bistaring xoromu erking‘ Humoyi ishrating ma’dum ekinmu, Boshingg‘a soya solg‘on bum ekinmug‘ Kiyik erkin yururda rahnamoying, Qulon erkin samandi bodroyingg‘ Sharafdin bo‘lg‘on ermishsen Sulaymon, Mening birla unutma ahdu paymon! 4 Vuhush ermish sening ollingda xodim, Sibo’ ermish tobug‘ingda mulozim. Bahoyim tobii farmoning ermish, Janohi tayr shodurvoning ermish. Chu sen torting Sulaymonliq maqomin, Demon qil manga Bilqis ehtiromin 5 . Agar Bilqisdek yoru azizing Bo‘la olmon, ham o‘lg‘aymen kanizing. Bir ish Bilqisliqqa bo‘lsa mone’, Sulaymong‘a Pari ham keldi tobe’. Agar Bilqis bo‘lmoq yo‘qsa haddim, Pariliqdin xud o‘lmas qilsa raddim. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 288 Ne bo‘lg‘ay erdi charxi zulmresha, Meni sendin judo qilmay hamesha. Xiroming chog‘i yo‘ldosh o‘lsam erdi, Sukuning vaqti qo‘ldosh o‘lsam erdi. Quyosh yanglig‘ bo‘lub kunduz qarining, Bo‘lub tun soya yanglig‘ hamnishining. Tikon kirsa kafingg‘a kinasidin, Chiqorsam erdi kirrik ignasidin. Ayog‘ sunsang bo‘lub g‘amdin xaroshing, Mudom o‘lsa edi qo‘ynumda boshing. Ko‘rub xoru xas o‘rnungda nihoni, Sochim birla surursam erdi oni. Chu bilsam garddin ko‘nglungda qayg‘u, Yer uzra ashkdin sersam edi suv. Boshingg‘a tushsa mehnat shomi jovid, Yuz ochib zohir etsam erdi xurshid. Agar joningg‘a qasd etsa uzun kun, Sochim yetkursa erdi anbarin tun. Yuzungni olmasam erdi engimdin, Aritsam erdi ashkingni yengimdin. Junun ta’vizig‘a ko‘rganda moyil, Qo‘l etsam erdi bo‘ynungg‘a hamoyil. Tilar bo‘lsang yuzung ko‘rmakka ko‘zgu, Yuzum yuzungga tutsam erdi o‘tru. Suv istab tushsa o‘tlug‘ ko‘nglunga jo‘sh, Labimdin tutsam erdi chashmai no‘sh. Damo-dam aylabon hamdamlig‘ingni, Kecha-kunduz qilib mahramlig‘ingni. Tunungda sham’i majlis bo‘lsam erdi, Kun o‘lsa yoru munis bo‘lsam erdi. Chu aylabtur sirehri tezraftor, Seni bir yon, meni bir yon giriftor. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling