Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
281
Nechukkim anglamish erdi yako-yak
Borin sayrodi andog‘kim chakovak. 
Munga tegruki holo sog‘ emishtuk, 
Yeri gah dashtu gohi tog‘ emishtuk. 
Aodi xavfidin hosil farog‘i, 
Bo‘lub a’dosining chashmu charog‘i. 
Valoyatdin Ko‘rub holida rartav, 
Ani vahm aylab o‘lturmakka Xusrav. 
Vale aytibki, ul bemisli ayyom
Agar ul marzdin qo‘ysa yiroq gom: 
Ani asrar ulusni o‘ltururmen, 
Ne o‘lturmakki, borin kuydururmen. 
Bu vahmu bimdin ul bedili zor 
Ki, Xusravdin birovg‘a yetkay ozor. 
Kim, ul bo‘lg‘ay bu ozorig‘a bois. 
Jafou qatlu timorig‘a bois. 
Hamul tog‘ tegrasidin komu nokom, 
Tuta olmas yiroqroq yerda orom. 
Chu men oning bu ahvolin eshittim
Anga bormay ravone sizga yettim. 
Kim elning chinu yolg‘on so‘zlaridin 
Ki, ko‘rrakni yasarlar o‘zlaridin. 
Bilur erdimki Bonu qayg‘ulug‘dur, 
g‘ami Farhod tog‘idin ulug‘dur. 
Yana ham xo‘blar shohini anduh 
Bilur erdimki tutmish ko‘h to ko‘h. 
Dedimkim, sizga dey avval xabarni, 
Qilay xandon burun gulbargi tarni. 
Yana sizdin anga ham ko‘z tutay so‘z, 
Borib oning yuzidin yorutay ko‘z. 
Tavaqquf so‘zgakim dersiz etaymu, 
Yo‘q ersa so‘z, anga botroq ketaymug‘ 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
282
Mihinbonu bu yanglig‘ so‘rdi rosux 
Ki: «Yey alfozi xush, diydori farrux. 
Takallumlarki lafzing surdi darham, 
Jarohatliq ko‘ngulga erdi marham. 
Sening hajringda erduk asru noshod
Yana Farhod hajrin qilma xud yod. 
O‘zungni hajridin ozod qilding, 
Aning hajri g‘amidin shod qilding. 
Nedur ikki qadah tutqon zamon no‘sh, 
Yana zahri halohil tutmog‘ing qo‘sh. 
Borur bo‘lsang anga e’lomimiz ko‘r, 
So‘zumiz behadu rayg‘omimiz ko‘r. 
Sumanbar
7
holatin ham sharh qildi 
Ki, ne so‘z anglab ushbu dam yiqildi. 
Bihamdillahki, ko‘rduk seni bori
Ani ko‘rgoncha bo‘ldi e’tibori». 
Debon yig‘lashtilar ko‘p ul, dag‘i bu, 
Hazin Shorur ila dilxasta Bonu. 
Ikavlon munglashib, so‘zlar qilib yod, 
Yetishganni falakdin zulmu bedod. 
Debon Shorur ul dilxasta holin
Mihinbonu debon mahvash malolin. 
Bu yanglig‘ qissalar o‘tkuncha laxte, 
Yotib Shirin nechukkim sho‘rbaxte. 
Dimog‘ig‘a tutub har dam buxurot, 
Ani o‘z holig‘a kelturdilar bot. 
Ko‘z ochqoch ko‘rdi Shoruri hazinni, 
Yana yod etti Farhodi guzinni. 
Biyik un chekti andog‘ bexudona 
Ki, afg‘onidin o‘t chekti zabona 
Ki: «Yey Shorur, qaydin bo‘yla yetting, 
Kelibsen fard, Farhodingni nettingg‘ 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling