Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
275
Yongildim chun topib men hajrdin bahr
To‘kub taryoqni, quy jomima zahr. 
XLIV 
Farhodning bandi ochilg‘onin va zindondin kanora qilg‘onin Xusrav bilib nigohbonlarg‘a siyosat fikri 
qilib, yana Farhod ishqi tog‘ining tig‘idin hisob olg‘oni va ul ishni bilmasga solg‘oni va Shirinning 
ishq ahli surud va simoidin aning marsiyasi navhasin istimo’ qilg‘oni va simo’da vajd ahlidek 
bexudona yiqilg‘oni va Shorurning Farhod tirikligi xabarin Shiring‘a hayot mujdasi yetkurgani va 
jonbaxsh damidin jonsiz jismig‘a ruh kiyurgani va Shirin kirrikdin xoma murattab qilib hajr dudasi 
bila ashkidin qaro murakkab qilib noma raqam urub Shopur Farhod sori qadam urmog‘i 
Bu avroq uzra surgan xomai dard, 
Raqam bu nav’ qildi nomai dard. 
Kim, ul fursatdakim Farhodi bexud, 
Balo qo‘rg‘onig‘a bo‘ldi muqayyad. 
Bo‘lub asror ulus sirrig‘a voqif 
Kim, uldur g‘ayb asrorig‘a koshif. 
Fano burjida raxshon axtar uldur, 
Vafo durjida ravshan gavhar uldur. 
Viloyat mash’alidin jonida nur
Karomat nuri birla ko‘ngli ma’mur. 
Qachonkim ko‘ngli istar ochilur band, 
Alar ko‘ngli uchun o‘zin qilur band. 
Alar jon birla oni aylab ozod, 
Hamul ozodlig‘ birla bo‘lub shod. 
Valek ul tegrada oning matofi, 
Yiroq tushmas edi hargiz tavofi. 
Ki, ul holatni ma’lum etsa Rarvez
g‘azabdin bo‘lmag‘ay ul elga xunrez. 
Valek ul qayddin oning xalosi, 
Alar birla tariqi ixtisosi. 
Bori Xusravg‘a zohir bo‘ldi bir-bir 
Ki, hukmig‘a ne yanglig‘ etti tag‘yir. 
Burun qindin chekib tig‘i siyosat, 
Alarg‘a ayladi big‘i siyosat. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
276
Chu ish kayfiyatig‘a bo‘ldi tolib, 
Yana ko‘ngliga bo‘ldi vahm g‘olib. 
Kim, ul bedildin o‘lmas bo‘lsa g‘ofil, 
Afolloh
1
, balki sohibdil, ne bedil. 
Bori holig‘a chun qildi nazora, 
g‘arobat fahm bo‘ldi beshumora. 
Chu el hifzig‘a ul shaydoi ayyom, 
Yiroq qo‘ymas emish ul marzdin gom. 
Dedi: «Avloki bilmaslikka solsam, 
Eshitsam ham eshitmaslikka solsam». 
Topib Farhodni ul rishtada band
Bu bandi birla Xusrav bo‘ldi xursand. 
Valek ul vaqtikim Farhodi bedil, 
Tutuldi chora aylab «shohi odil». 
O‘zin qo‘rg‘ong‘a solmish erdi Shorur, 
Ani aylab ul ish anduhi ranjur. 
Dema ul ranj ila bistarg‘a tushti 
Ki, gulxan ichra xokistarg‘a tushti. 
Ishi erdi fig‘onu nola qilmoq
Tanin tosh birla yuz rargola qilmoq. 
Ulus onglabki Rarvezi jafokesh, 
Bo‘lub yuz makr birla hiylaandesh. 
Tutub Farhodni g‘adr aylab og‘oz, 
Tikib dor o‘ldi avval kinarardoz. 
Yana ne hiyla ko‘rguzdi xayoli 
Ki, bedildin qilib maydonni xoli. 
Ani to qay taraf ovora qildi, 
Bu yanglig‘ bori daf’in chora qildi. 
Hamul holatda Farhodi yagona
Ne so‘zlar birlakim aytib tarona. 
Ne so‘zkim bo‘ldi Xusravdin xitobi, 
Savolotig‘a ne bo‘ldi javobi. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling