Unga dono Farhod deb nom qo‘ydilar. Bu ismning manbayi besh qismdan iborat bo‘lib, bu so‘z firoq, rashk, hajr, oh va
Download 9.83 Kb.
|
Farhod-WPS Office
. Unga dono Farhod deb nom qo‘ydilar. Bu ismning manbayi besh qismdan iborat bo‘lib, bu so‘z firoq, rashk, hajr, oh va dard so‘zlarining bosh harflaridan yig‘ilgandir. Ishq ustodi ana shu harflarni qator tuzgach, Farhod ismi tarkib topdi. Uning tarbiyasiga zukko bir ustozni jalb etdilar. O‘qituvchining bilim darajasi shunchalik yuksak ediki, go‘yo uning o‘zi bir dunyo edi. Uning fikri falak mushkullarini hal qilar, falak uning o‘tkir diqqatiga tob berolmasdi. Dunyodagi qaysi ilm eng qiyin va murakkab hisoblansa, uning uchun undan jo‘nroq narsa bo‘lmasdi. Yig‘inni olam donosi bilan bezab, olam hukmdori shahzodani chaqirib, uning ta’limiga uqtirishlar qilib qo‘ydi. Go‘yo falak qarshisiga quyosh kelganday bo‘ldi. Agar har bir saboqni bir marta ko‘rsa, ortiq o‘sha varaqni qaytarishga ehtiyoj qolmasdi. Qaysi so‘zni o‘qisa, go‘yo ko‘ngliga yozib borardi. Bugina emas, go‘yo jon lavhasiga qazib yozardi. Uning odati o‘qib o‘tish – uqib o‘tishdan iborat edi. Sahifa-sahifa yozuvlarning hammasi yodida qolardi. El orasida ana shu sifatlar bilan tanilib yurib, yoshi o‘nga yetdi. Jahonda u yetmagan ilm, u haqiqatini bilib ulgurmagan fan qolmadi. Ilm-fan varaqlari birma-bir yopilib, bahodirlik qurollariga mayl bildirdi. Jang-jadal hunarining qay biriga qiziqqan bo‘lsa, o‘sha sohada mohir bo‘lib yetishdi. Shunchalik dong‘i ketgan bilimdonlik va cheksiz kuch-qudratiga qaramay, Farhod o‘zini alifbexon boladan ham kamtarroq tutardi. Shohlar uning eshigida gado, u esa gadolar oyog‘i ostidagi tuproqdek tavozeli edi. Uning ko‘ngli va ko‘zigina pok demayman, uning tili ham, so‘zi ham, o‘zi ham pok edi. Bir guruh kuyib o‘rtangan kishilar tog‘ orasida ariq qazishga mashg‘ul edilar. Ikki yuz toshkesar qo‘lda tesha bilan ishda, teshani hadeb toshga urish bilan ovora edilar. Metin urishni biror lahza to‘xtamay ikki yuz mahoratli ishchining uch yilda bajargan ishlari bor-yo‘g‘i ikki-uch yuz qari (Qadimgi uzunlik o‘lchovi. Taxminan 1 m ga teng keladi.) masofa bo‘lib, uning ham ko‘pi chala-chulpa edi. Ular bu azobli ishdan qon yig‘lashar, ishboshilar esa nazorat qilib zulm o‘tkazganlari o‘tkazgan edi.Farhod bu holatga nazar solib, ko‘ngli buzildi. Ish kayfiyatini bilgach, ularning ahvoliga achindi. Dedi: „Bu bir necha sitamkash mazlumlar falak zulmidan alam tortganlar. Bu nochorliklarida talay nuqson bor. Bularga madad qilsam – ayni paytidir. Hunarni asrab nima qilardim? O‘zim bilan tuproqqa olib ketamanmi?!” Temirchidan dam bilan ko‘rani tilab, beliga charmlik etakni bog‘ladi. Dam uchini ko‘raga mahkamlab, darhol ko‘mir to‘kib dam bera boshladi. Hamma ko‘mirni laxchadek, qilib, o‘sha yerdagi barcha metin va teshalarni yig‘ishtirib, olovga solib qizdirdi. Ularni eritib, o‘n-o‘n beshtasidan bittadan metin va teshalar yasadi. Gurzi va qayroq ham tayyorladi. Tosh yo‘nish ishiga tayyorlanib, asboblarga yashirincha suv berdi. Maxsus suv berish san’atini u Qorandan o‘rgangan edi. Farhod ishga kirishishga taraddudlanar, xalq uning atrofida hayratlanib lol turardi. Hatto biror savol so‘rashga ham botinolmas, uning shukuhiga mahliyo bo‘lib, ko‘zlarini uzolmas edilar. Nihoyat, hamma tarqalgach, Farhod darhol tog‘ kesishga bel bog‘ladi. Ariqqa tushib qaza boshladi: toshlar qumga aylanib, seldek nari surilardi. Uning har tesha urib ko‘chirgan toshi falak filiga bir ortiladigan yukdek kelardi. U metinni zarb bilan urar, toshlarni mayda-mayda qilardi. Uning teshasi zarbidan uchgan toshdan uch yog‘och (24 km) masofadagi kuzatuvchi o‘z boshini olib qochardi. Uning qo‘l kuchi zarbidan uchgan tosh o‘n yog‘och (80 km) ga borib tushardi. Bahodir toshkesar Farhod o‘sha kuniyoq qoyatosh orasidan bir nov ochdi. Ikki yuz toshkesar usta uch yil davomida ham bunchalik ish qilolmagan edilar. Bunday hunarmandlikni ko‘p ko‘rsatganidan so‘ng, tog‘ orasidagi elda shov-shuv ko‘tarildi. Toshkesar ishchilar ham, ish buyuruvchi sarkorlar ham Mehinbonu huzuriga ravona bo‘ldilar. Ular to ko‘z ko‘rmasa, aql ishonmaydigan bu ishni malikaga naql qilish uchun shoshar edilar. Download 9.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling