Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
267
ko‘rguzur erdi va mundoq tunni sham’dek gudoz bila saharg‘a yetkurgani va charxdek taku toz bila 
kunduzga kelturgani 
Bu bazmi g‘ussa ichra bodaraymoy, 
Bo‘lur har lahza mundoq majlisoroy 
Kim, ul anduh bahrining nahangi, 
Balou dard tog‘ining palangi. 
Junun vodiysining Majnunnihodi, 
Ne Majnunkim, bu vodi devbodi. 
Malomat bodasining bahrno‘shi, 
Mazallat tog‘ining majnunxurushi. 
Mashaqqat g‘ori ichra ajdahovash
Malolat jomidin zahri balokash. 
Firog‘ o‘tig‘a otashgoh ko‘ngli, 
Yuz otashgahcha chekkon oh ko‘ngli. 
Jahonni dudi ohi tiyra qilg‘on, 
Murodi subhig‘a ul tun yorilg‘on. 
Falak bahrig‘a bo‘lg‘on ashki hamdast, 
Umidi qasrin ul sel aylagan rast. 
Tosh otqonda balo ko‘rgach, ani ur, 
Qilib ul tosh maqsudi ko‘zin ko‘r. 
Baloi hajr shomi dardnoki, 
Bu tunda ya’s zahrining haloki. 
Yegan joni falakdin tig‘i bedod, 
Balo afloki, furqat tog‘i Farhod. 
Chu andoq hajri beroyong‘a qoldi, 
Ne hijron, dardi bedarmong‘a qoldi. 
O‘tub kunduz bu yanglig‘ ro‘zgori, 
Sahardin tung‘acha afg‘onu zori. 
Chu bo‘ldi shom to subhi dilafro‘z, 
Ishi kunduzgacha yuz dard ila so‘z. 
Kishining bo‘lsa har kun ming balosi
Qatiq ul nav’ emaskim tun balosi
2



Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
268
Anga bu hajr ayyomida bir shom
Savode yoydi mehnat zulfidin dom. 
Ne shom anduh mulkining savodi, 
Vale qilmay Xo‘tan iqlimi yodi. 
Savodi dudi olamg‘a yorib qiyr, 
Vale ul qiyr hajr ahlig‘a damgir. 
Bo‘lub ofoq aro zulmat saboti
Itib ko‘kdin quyosh obi hayoti. 
Ziyo Iskandari holi tabahdin, 
Ko‘rub navmid o‘zin bir Xizri rahdin. 
Sirehr o‘rtab jahoni benavoni, 
Kuli birla qaro aylab havoni. 
Dema kul, g‘am tuni sham’ig‘a duda, 
Qarorib olam aylab oni suda. 
Qarong‘u mehr otashgohidin dud 
Valek ul dud qiyri zulmatandud. 
Kavokib sayr qilmoqdin muarro, 
Savobitdek taharrukdin mubarro. 
Falak yotib ayog‘ ilgin uzotib, 
Yeshak yanglig‘ qaro balchiqqa botib. 
O‘zin a’mo Ko‘rub arbobi binish
Qaro bosqon kishidek ofarinish. 
Yeru suv qa’rin istab murg‘u mohi, 
Qalin mo‘ru malaxdek tun sirohi. 
Hayotin tark etib mehri humoyun, 
Qilib davron ani tufroqqa madfun. 
Azo tutmoq uchun aylab bahona, 
Uzorin chun qaro aylab zamona. 
Firoq ahlig‘a har kavkab qilib tez
Shuoi xatti no‘gin tig‘i xunrez. 
Ko‘ziga subh sho‘xi surma tortib 
Ki, oning oqini dog‘i qarortib. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling