Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
263 Zamone babru qarlondin bo‘lub shod, Qilib dildor ko‘yi itlarin yod. Bo‘riga sharh etib gah arzi holin, To‘kub yosh, yod etib Yusuf 3 jamolin. Bo‘lub tulkug‘a bu yanglig‘ niyozi Kim, ul ko‘y itlarig‘a berma bozi. Qo‘lin aylab qulonlar bo‘yni bandi, Yetib erkin debon ul oy kamandi. Qilib gohi kiyiklar birla bozor, Tilab mushkin g‘azolin yig‘labon zor. Tovushqon uyqusi andin olib hush, Sog‘inib dilbaridin xobi xargo‘sh. Ko‘rub kabki darining sayru gomin, Qilib yod ul buti ra’no xiromin. Humoy ollig‘a jismi vahmtakni Solibkim, elt itiga bu so‘ngakni. Qanotlarin O‘pub ko‘rgach hamoma Ki, yor ollig‘a mendin elt noma. Tazarv etsa xirom ollida nogoh, Chekib ul qaddi ra’no hajridin oh. Qilib zog‘ ollida afg‘ong‘a ohang Ki, zulfidin magar kasb aylading rang. Yetib to‘ti qoshida hushini Kim Ki, la’lidin magar olding takallum. Quchub qo‘yni aro bag‘riqaroni, Anga deb bag‘ri kuygan mojaroni. Boqib qumri sori yig‘lab bag‘oyat, Yetib o‘z bo‘yni tavqidin hikoyat. Debon hudhudg‘a soz aylab fig‘onlar, Boshig‘a o‘t tutoshqondin nishonlar. Qilib bulbulg‘a ul so‘z ichra bir-bir, Ani ishq o‘ti kul qilg‘onni taqrir. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 264 Chu faryod aylabon murg‘i shabovez, Chekib ul dog‘i o‘z afsonasin tez. Berib yuz lahn ila qaqnusg‘a rayg‘om, Yetib hijron o‘ti so‘zini e’lom. Saharkim sharqdin ko‘rguzdi anvor, Yaqo chok aylabon subhi Xo‘tanvor. Boqib mashriq sori boshlab fasona, Chekib tong qushlari yanglig‘ tarona. Debon: «K-ey subh, men ishq ichra g‘amnok, Ne ma’nidin sen aylabsen yaqo chokg‘ Bor o‘xshar men kibi mehri nihoning Ki, sorig‘ yuzdadur ashki ravoning. Meningdek o‘rtanur o‘xshar iching ham Ki, sovug‘ oh erur og‘zingda har dam. Magar joningg‘a yetting hajr elidin Ki, mendek oh urarsen tong yelidin. Tanimdek kuymasa jismi nizoring, Tunu anjum nedur dudu sharoringg‘ Chu sohibdardsen, dardimga rahm et, Tarahhum aylabon faryodima yet. Saharkim gulshan ichra gul ochilg‘ay, Gul uzra turrai sunbul sochilg‘ay. Chu gul termakka ul sarvi gulandom, Qo‘yar gulshanda gulruxlar bila gom. Sovug‘ ohimni bilgurtub damingdin, Ko‘zum yoshini anglat shabnamingdin». Tulu’ aylab chu mehri olamafro‘z, Debon: «K-ey rartaving bazmi g‘amafro‘z. Magar mehr o‘tidin mendek hazinsen, Nedin, yo‘q ersa, mundog‘ otashinseng‘ Magar mendek muroding qildi radrud Ki, tebrab har yon ashkingdin borur rud. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling