Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
257
Kim, ul ne nav’ qolib g‘urbat ichra, 
Hamul g‘urbatda yuz ming shiddat ichra. 
Ne bedod aylab o‘lturdilar oni, 
Solib o‘t ichra kuydurdilar oni. 
Yetishmay kimsa far’yodig‘a oning, 
Ne ishlar keldi Farhodig‘a oning. 
Hamono tor o‘lub olam ko‘ziga, 
Bu g‘amdin bas kela olmoy o‘ziga. 
Chekib bebok tig‘i xunfishonni, 
Cherik birla qaro aylab jahonni. 
Olurg‘a kina birla intiqomin
Bu kishvarlarg‘a ko‘rguzgay xiromin. 
Chekib mag‘ribda tig‘i kini bedod, 
Tirik mushkilki qo‘yg‘ay odamizod. 
Madoyin shahrin odamdin oritqay, 
Xito mulkig‘a tufrog‘in toshitqay. 
Chu osorini mahv etkay jahondin
Su quygay anda bahri bekarondin. 
Ravoqu toq bo‘lg‘ay anda noyob, 
Ayon bo‘lg‘ay minor o‘rnig‘a girdob. 
Tugangay odam avlodi hisobi, 
Kishi o‘rnig‘a bo‘lg‘ay shaxsi obi. 
O‘lub men begunah, Xusrav gunahkor, 
Bu vayronliqqa ul bo‘lg‘ay tabahkor. 
Manga charx etsa yuz ming kinu bedod, 
Bu so‘zdin xud ne nav’ etgay edim yod. 
Vale Rarvezning nodonlig‘idin, 
Bo‘lurg‘a dahrning vayronlig‘idin, 
Tahammulsiz bo‘lub torti so‘zim tul, 
Xaloyiq qilmasun vahmig‘a mahmul. 
So‘zumni har ne erdi ko‘tah ettim, 
Jahondin do‘st yodi birla kettim. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
258
Bu so‘zlarni debon qo‘rg‘ong‘a boqti, 
O‘pub yer, o‘t ulus jonig‘a yoqti. 
Dedi: «Yemdi qiling nekim qilursiz, 
Osarsiz, gar chorarsiz, siz bilursiz! 
Tugatgach, so‘zni bedod ayladilar, 
Ani Xusrav qoshidin sudradilar. 
Anga tegruki dor urmishlar erdi
O‘tun, o‘t dog‘i kelturmishlar erdi. 
Tushub bori ulus ichra g‘irevi 
Ki, o‘lgay begunah andog‘ xidevi. 
Xabar qo‘rg‘onda bo‘lmish erdi ravshan 
Ki, mundog‘ la’b qildi charxi rurfan. 
Parirux
3
birla Bonudin nihoni. 
Kuyarlar erdi el yod aylab oni. 
Ko‘rub dor ostida jismi xarobin, 
Hamul bo‘ynig‘a bog‘lang‘on tanobin. 
Hisor ahli aro vayronlig‘ erdi, 
Yetib o‘lmoqqa ulkim jonlig‘ erdi. 
Buyon Xisrav bila jam’i xavosi, 
Xavosi demayinkim, omu xosi. 
Qolib hayron aning donolig‘idin, 
Tahavvur birla berarvolig‘idin. 
Xaloyiq yig‘labon bekasligiga, 
Siyosat
4
loyiqi ermasligiga. 
Yebon Xusrav dog‘i ul ishdin afsus
Vale qo‘ymoy aning tarkiga nomus. 
Buzurg Ummid daxl etmak Ko‘rub farz, 
Tilab xilvat ravoni ayladi arz. 
Ki, o‘lturmaklik oni bejihatdur, 
Junung‘a bandu zindon maslahatdur. 
Anga o‘xsharki ozroqdur gunohi, 
Tahoshisizlig‘i basdur guvohi. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling