Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
249 Chorib Xusravning o‘rdusig‘a tegru, Qayu o‘rduki, qarshusig‘a tegru. Tutub jo‘ldu olur yormoqqa qalqon, Degilkim aylamishlar tog‘ni talqon. Ketur soqiy, qadahkim, benavomen, Xumori hajr eliga mubtalomen. Meni holimni onglardin yiroq qil, Necha behush esam, behushroq qil. Farhodni ul xaylning Xusrav qoshig‘a yetkurgoni va Xusrav aning boshidan-ayog‘ig‘acha salosil va ag‘lol hukmi surgoni va Buzurg Ummid hikmat bila ul bandlarg‘a muqayyad devona dimog‘ig‘a hush keturgoni va Xusrav hujjat yuzidin anga so‘z qotqoni va Xusravning savoloti shishalarin javoblari xorolari bila ushotqoni va aning bu nav’ qattiq so‘zlari sangboronidin Xusravning ko‘nglidog‘i savollari shishasidek sinib aning qatlig‘a jozim bo‘lg‘oni va ul muhlik so‘zlari himoyati bila qatldin qutulg‘oni Bu bexudlig‘ yo‘lining hushmandi, Bo‘lur bu nav’ ma’ni naqshbandi Ki, chun Farhodni ul xayli cholok, Shah ollig‘a yeturdilar tarabnok. Bo‘lub Xusrav ul ishdin shodmona, Ato aylab alarg‘a xusravona; Dedi, majnung‘a soldilar og‘ir band, Iki ilgin qilib band uzra rayvand. Majonindek muqayyad qildi hosil, Bori a’zosin ag‘lolu salosil. Buyurdikim hakim o‘lub hamog‘ush, Kiyurdi notavonning mag‘zig‘a hush. Ko‘zin chun ochti ul majnuni bexud Ki, bo‘lmish erdi majnundek muqayyad. O‘zin ko‘rdi ajoyib hol ichinda, Salosil qaydida, ag‘lol ichinda. Boshida xusravoyin borgohi, Turub atrofida xaylu sirohi. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 250 To‘rida borgahning bir biyik taxt, Aning ustida bir shohi javonbaxt. Ayog‘i ostida taxti Kayoniy, Boshi ustida toji Xusravoniy. Taajjub birla oning sori boqib, Boshini irg‘otib, ilgini qoqib. Qilib gah ishqi oyinida g‘ayrat, Yetib gah haykalu shaklida hayrat. Yaqin bildi chu bo‘ldi fikratandesh Ki, ne fe’l aylamish charxi jafokesh. O‘zin solmay xidevi g‘ayratoyin, QO‘pub o‘lturdi solib qoshig‘a chin. Adab birla hayo rasmin qilib fosh, Burun indurdi majlis ahlig‘a bosh. Chu da’bi yo‘q edi so‘rmay demak so‘z, Og‘iz so‘zdin tikib, tikti quyi ko‘z. Shukuhidin yetib Xusravg‘a tag‘yir, Qilib ishqi o‘ti ko‘nglig‘a ta’sir. Unutti aylamakni qatlu bedod, Anga boqib takallum qildi bunyod. Dedi: Qaydinsen, ey majnuni Kimrahg‘ Dedi: Majnun vatandin qayda ogah. Dedi: Nedur sanga olamda reshag‘ Dedi: Ishq ichra majnunluq hamesha. Dedi: Bu ishdin o‘lmas kasb ro‘zi, Dedi: Kasb o‘lsa basdur ishq so‘zi. Dedikim: Ishq o‘tidin de fasona! Dedi: Kuymay kishi tormas nishona. Dedikim: Kuymagingni ayla ma’lum! Dedi: Andin erur joh ahli mahrum! Dedi: Qay chog‘din o‘ldung ishq aro mastg‘ Dedi: Ruh ermas erdi tang‘a rayvast. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling