Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
243
Valek ul yonki Farhod erdi sokin
Cherik kelmak yovuq yo‘q erdi mumkin. 
Tiyib a’do sirohin ming qoridin, 
Dema bir soridinkim, har soridin. 
Yetib toshi nechukkim, ra’d toshi, 
Uchub gar tegsa sheri sharza boshi. 
Toshig‘a ming qori yerda nishona, 
Urub gar xud erur xashxosh dona. 
Bu andin turfaroqkim tegsa ul tosh, 
Bo‘lub Alburz tog‘i bo‘lsa xashxosh. 
Chorib xoroni beandoza haddin, 
Otar toshi yo‘nub ko‘rrak adaddin. 
Bu ishlar bor edi mardudi oning
Vale izhoridin maqsudi oning 
Aodi xaylini qo‘rqutmoq erdi, 
Alardin o‘zni solim tutmoq erdi. 
Yo‘q ersa yo‘q edi mumkinki ul zor, 
Tegurgay rashshaning rarrig‘a ozor. 
Birovga yetsa erdi charxdin ranj. 
Bu andin ko‘p bo‘lur erdi alamsanj. 
Zaife cheksa erdi dardlig‘ oh, 
Bu tortar erdi yuz ming ohi jonkoh. 
Ne mumkin erdi ul mahzun ishiga 
Ki, andin bir alam yetkay kishiga. 
Vale a’doni qo‘rqutmoq futuri, 
Anga jon vahmidin erdi zaruri 
Ki, jonkim andadur jonon vafosi, 
Nechuk qilg‘ay ani dushman fidosi. 
Shukuhidin yetib biym ahlig‘a biym, 
Ko‘rub taslim andin ahli taslim. 
Borib darmondalar qoshig‘a oning, 
To‘kub ko‘z yoshi ko‘z yoshig‘a oning. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
244
Topib andin navozishlar gadolar, 
Ko‘rub har dam navolar benavolar. 
Ayoqqakim tikan kirsa nihoni, 
Tilab mujgoni birla cheksa oni. 
Anga bu holu, ammo Xusravi ahd
Aning daf’ig‘a aylar sa’y ila jahd. 
Tunu kun aylabon oning so‘zin zikr, 
Buzurg Ummid birla ko‘p qilib fikr 
Ki, shoyad ishga nav’i chora bo‘lg‘ay 
Ki, Farhod o‘rtadin ovora bo‘lg‘ay 
Ki, andin bo‘lmasa xotir haroson, 
Bo‘lur qo‘rg‘onni olmoq ul dam oson. 
Aning har bir ishin kim el qilib fosh
Taajjub yo g‘azabdin irg‘otib bosh. 
Ham oxir bo‘ldi raydo naqshboze, 
Ne mushkil hiyla bo‘lsa chorasoze. 
Qachonkim zohir aylab makru talbis, 
Bo‘lub bir fahmi yo‘q shogirdi iblis. 
Anga shah zohir etti muddaosin 
Ki, istarbiz bu majnun ibtilosin. 
Agar sen aylasang bu ishga chora, 
BErurmen naqd behaddu shumora. 
Fusunrardoz mundog‘ surdi guftor 
Ki, oni makr ila aylay giriftor. 
Aningdekkim, dimog‘idin ketib hush
O‘luk yanglig‘ yiqilsun yerga madhush. 
Vale kelturmagiga chora bilmon, 
Bu ajzimdin bu ishga bora bilmon. 
Dedi Xusrav: «Sen etsang oni behush, 
Kamingahda qo‘yay men yuz zirihro‘sh 
Ki, chorqoylar kamindin bo‘lg‘ach ogoh, 
Keturgaylar ani andoqki dilxoh». 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling