Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
237 Yilon netgay urub nish ajdahoni, It urmak birla yonmas korvoni 1 . Nechuk majnun so‘zin oqil eshitgay, Junun o‘ti bila ko‘nglin eritgay. Eshitgan nuktani ko‘nglungga olma, Eshitsang juz eshitmaslikka solma. Bu avlokim yana bir nuktarardoz, Borib Bonu sori rand etsa og‘oz. Kalomi ichra bo‘lg‘ay lutfu tahdid, Nechukkim biym bo‘lg‘ay, bo‘lg‘ay ummid. Shak ermaskim ayon aylab madoro, Zabunliq aylagaylar oshkoro. Bu ish bo‘lmoqliq avlo chora birla, Siteza qilsa bo‘lmas xora birla Ki, bu qo‘rg‘on erur mahkam bag‘oyat, Zaxira anda dog‘i benihoyat. Seningdek shahki xurshedi jahonsen, Qayu xurshed, Jamshedi zamonsen. Qachon ul yon tilarsen razm solmoq, Keraktur razm solg‘on kun-o‘q olmoq. Bu yanglig‘ fath agar xud dast bermas, Ani yuz yilda olmoq mumkin ermas. Chu bo‘lmas razm ila olmoq muqarrar, Magar tadbir ila o‘lg‘ay muyassar. Emas tadbiri holo mundin o‘zga Ki, chekkaybiz bir ish naqshini so‘zga». Fusungar aytibon yolg‘onu chindin, Chekar af’ini afsun birla indin 2 . Degach bu so‘z topib shaxsi suxandon, Uzottilar ani g‘amginu xandon. Kelib qo‘rg‘ong‘a ul farxunda rovi, Bu yanglig‘ ayladi so‘z kov-kovi Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 238 Ki, shahkim charxni rom aylamishdur, Qamarg‘a bu so‘z e’lom aylamishdur Ki, biz farzandliq tarhini solib, Buyon keldik vafo ko‘sini cholib. Burunkim tushmamish amre apoda, Qiling andoqki, qilmishbiz ipoda. Agar avvalg‘idektur so‘z hisobi, Bu so‘zdur ul Parishon so‘z javobi Ki, siyminbarki keldi mehri ofoq, Gar o‘lsa siz degondek juftdin toq, Yeranlar maylidin fard o‘lsa zoti, Alarg‘a yo‘qsa mutlaq iltifoti. Bor ermish telbai xoroshikofe, So‘zi boshtin-ayoq sahvu gazofe. Xiradg‘a yuz tanaffur hay’atidin, Xirad ahlig‘a dog‘i suhbatidin. Bu shan’at birla ul nangi zamona, Urub tun-kun fig‘oni bexudona. O‘zin aylab aning ishqig‘a mansub, Qilib oshiq o‘zin, ul oyni mahbub. Bu ish topib bori olamda shuhrat, Nechuk ul oyg‘a bo‘lmoy hech g‘ayrat. Ani istab yana qoshig‘a doim, Vafoomiz so‘zlar deb muloyim. Visoli birla aylab ko‘nglini shod, g‘ami hajridin aylar ermish ozod! Siz aytur so‘z zilole bo‘lsa sofi, Erur bu ish aning birla munofi. Va gar yolg‘ong‘a oxir bo‘lsa roje’, Bas ul so‘z voqe’, o‘lmish g‘ayr voqe’g‘! Agar bu sahvingizg‘a mu’tarifsiz, Karam birla kechurduk ham ani biz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling