Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
235 Boshingdin kechtim oxir bil g‘animat, Boshing olib yo‘lungg‘a qil azimat Ki, mendin bo‘lmayin hech amr noshi, Manga bo‘ldi sening qasding xaroshi. Nechakim ishqdin ranjur erurmen, Nekim qilsam, sanga ma’zur erurmen. Ki, Arman tog‘ida kin aylasam fosh, Yaqin bilkim, erur har toshu bir bosh. Kimon qilma bor ersang ishda dono, Sirohu mulk ila bo‘lmoq tavono Ki, Haq ollinda butmas ming sirahdin, Ish andoqkim bir ohi subhgahdin. Sangakim ro‘zi etti rodshahliq, Mening qildi nasibim xokirahliq. Ko‘ngul aylab sen ul shahliq bila keng, Mening ollimda ul tufroq bila teng. Ne ishkim shah topib ondin navoe, Vale yuz qatla or etgay gadoe 7 . Jafo maydonig‘a har dam surub ot, Kishi andin nechuk qilg‘ay mubohot. Erur bu turfaroqkim tortibon tig‘, Qarortib yerni xayling o‘ylakim mig‘. Qilib el mulki ichra qatlu toroj, Olay deb mulk elidin taxt ila toj. Birovnikim berib mulkini barbod, Qilursen nozanin ko‘nglini noshod. Shikastig‘a sitam yoyin qurarsen. Eshittim, ishq lofin ham urarsen. Bu bo‘lg‘ay dardu ishq oyini voh-voh, Vafou mehr sharti Alloh-Alloh! Kishi ishqida zor o‘lmoq bu bo‘lg‘ay, g‘amidin beqaror o‘lmoq bu bo‘lg‘ay!» Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 236 Ilik zo‘ri bila andoq otib tosh, Qilib tig‘i zabon mundoq yana fosh. Tushub Xusravg‘a toshi iztirobi, So‘zining ham tora olmay javobi. Yonarda erta kunni qilmayin kech, Yovuq bormoqqa tormay maslahat hech. Topib kelgan sirohidin malolat, Yuz oncha qal’a ahlidin xijolat. Bu sayridin anga bo‘lmay ravo kom, Yonib o‘rdusi sori bordi nokom. TEshib xudin aning Farhod toshi, Ichin tig‘i zabonining xaroshi. Ketur soqiy, mayu, g‘am xaylini yeng Ki, ermish ishq aro shohu gado teng! Necha ishq ichra shahlig‘ lazzati bor, Gadolig‘larning o‘zga holati bor. XXXIX Xusrav Farhodning qattig‘ toshidin rajmurda va qattiq so‘zidin ozurda kelib, Buzurg Ummid bila ulug‘ chora umidig‘a so‘zlashib, lutfomiz alfozg‘a qahr va shahdangiz kalomg‘a zahr qotqoni va bu umid va biym maktubin rasuldin Mihinbonu sori uzotqoni va elchining shahdliq zahri shishasi qal’aning xorasidin usholg‘oni, ya’ni Mihinbonuning xoradek mahkam javoblaridin ojiz qolg‘oni, dog‘i Xusrav Armaniya hisorin muhosara qilg‘oni va qal’a darvozalari bog‘lanib, xusumat eshiklari ochilg‘oni Fasona aytur ustodi suxanvar, Bu yanglig‘ toqti so‘z bikrig‘a zevar Ki, Xusrav garchi ul kun bo‘ldi diltang, Yonib diltang, uyig‘a qildi ohang. Ham oxir qo‘ydi ko‘p aylab marog‘a, Buzurg Ummid ila so‘zni arog‘a. Buzurg Ummid ani aylab tarabnok, Dedi: «Qayg‘urmag‘ilkim yo‘qturur bok; Ko‘histon ahli ko‘p otqay faloxan, Junun ahli ko‘p etgay yova so‘z fan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling