Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
227
Talattuf birla yo‘l ranjini so‘rdi. 
Yana Xusravg‘a ham aytib duolar
Base so‘rdi debon madhu sanolar. 
Quyi solib suxanvar farqi taslim, 
QO‘pub aylab anga shoyista ta’zim. 
Ko‘rub ul xusravona taxtu avrang, 
Anga loyiq shukuhu hushu farhang. 
Nihon ko‘nglida yuz ming ofarin deb
Hasabda loyiqi toju nigin deb. 
Chu bazm oyinig‘a bo‘ldi nihoyat, 
Anga in’omlar aylab bag‘oyat. 
Ijozat berdi ta’zim aylabon ko‘r, 
Dedi shahg‘a duolar aytu yer o‘r. 
Yana deb zohir etgach muncha savlat 
Ki, degaylar javob arkoni davlat. 
Rayomovar chu torti so‘zga anjom, 
Yer o‘rti, dog‘i qo‘ydi tashqari gom. 
Tilab navvobni Bonu ravone, 
Alarg‘a sharh qildi dostone. 
Ki: «Ayting bu rasuli kordong‘a, 
Ki, desun Xusravi Kisronishong‘a 
Ki, rayg‘omiki bu jonib yibording, 
Niyoz ahlini tufrog‘din ko‘tording. 
Chekib tufrog‘ni charxi axzar uzra
Chiqording zarra mehri xovar uzra. 
Vale tole’g‘a chun yo‘q ro‘yi behbud, 
Sen ar yuz muncha qilsang lutf ne sud. 
Agar yuz yil bu ishga yesam armon, 
Chu bu dardimg‘a darmon yo‘q, ne dermon. 
Bizing birlaki sen vuslat qilursen, 
Sharafdur bizga bu, sen ham bilursen. 
Vale voqi’ durur bir turfa holat 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
228
Ki, bor oni demaktin ham xijolat. 
Vale har neki Tengri qilsa taqdir
Kishiga yo‘q rizodin o‘zga tadbir. 
Budur so‘z hosilikim, bu qamarchehr 
Ki, oning sori garm o‘lmish sanga mehr. 
Hunardur garchi boshdin to ayog‘i, 
Va lekin bor durur bir aybi dog‘i 
Ki, juft otin qoshida tutsa bo‘lmas, 
Bu so‘zning girdiga yovutsa bo‘lmas. 
Yeranlardek erur da’bu shiori, 
Chorib, o‘q otib, o‘lturmak shikori. 
Kishiga yo‘q bizing el ichra yoro
Anga qilmoq bu so‘zni oshkoro. 
Kim etsa qoshida bu so‘zga madxal, 
Magarkim kechgay o‘z jonidin avval. 
Anga bu ayb bermish Koshifi g‘ayb, 
Ne Haqdin bo‘lsa, bo‘lmas aylamak ayb. 
Yo‘q ersa ul bani odam Parisi, 
Quyoshedurki, ko‘rtur mushtarisi
7

Angakim o‘lsa olam xalqi mushtoq
Nechuk ul juftdin qolg‘ay edi toq. 
Jihat bu erdikim bu kunga tegru, 
Uy ichra qoldi ul gulchehra mahro‘. 
Chu shahni aybimizdin qilduk ogoh, 
Nekim hukm aylasa hokim durur shoh». 
Tugatgach so‘zni Bonuyi zamona
QO‘pub navvob, eshitgach ul fasona. 
Rayomovarg‘a ochib rardai roz, 
Barisi bo‘ldilar afsonarardoz. 
Javobida o‘zin ojiz torub ul, 
QO‘pub, kelgan sari tutti ravon yo‘l. 
Chu yetti anda, mundin har ne bildi, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling