Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
223 Vagar xud ochsa uzr aytur sari qo‘l Ki, aslo aql xud bermas anga yo‘l. Sangakim borcha ishga dastrasdur Aning fikri dog‘i dushvor emasdur». Chu arz etti so‘zin donoyi davron, Risand etti borin doroyi davron. Topib andoq kishikim bo‘ldi mastur, Qilib bu muddaokim bo‘ldi mazkur. Rasuli kordon so‘zning tamomin, Chu qildi fahm, tez etti xiromin 11 . Kecha-kunduz demay borur edi yo‘l, Qadam qo‘yg‘uncha Arman mulkiga ul. Ketur soqiy, qadahkim komim uldur Ki, ollimda ajab dushvor yo‘ldur. Ne bir sog‘arki, sog‘ar tut rayoray Ki, bu vodiyni bexud tay qilay, tay. XXXVII Xusrav elchisi Arman kishvarig‘a yetgoni va Mihinbonu munhiylariga muddaosin zohir etib, Bonu ani ko‘rarga bazmi saltanat qurg‘oni va Hudhud Bilqis ollinda o‘lturg‘ondek rasulning Bonu qoshinda o‘lturg‘oni va Sulaymoni zamon risolatin qushlar tili bila arz qilg‘oni va tovusni Anqo 1 juftlug‘ig‘a so‘z solg‘oni va Bonuning bahona domin ochqoni va hiyla donasin sochqoni va ul ziyrak qushning bu dona va domdin ram qilib qochqoni va farog‘bol hosil qilmay qahramonlig‘ Qofig‘a ketgoni va ul Qof Anqosi bu ma’nidin g‘azab minqori bila Bu vodiy qat’ida qilg‘on sayohat, Bu yanglig‘ qildi izhori fasohat Ki, chun Armang‘a yetti homili roz 2 , Bo‘lub ko‘nglida yuz turluk fusunsoz. Xabar yetkurdilar Bonug‘a navvob Ki, davlat bu taraf bo‘lmish inontob. Rasule qasru toqi Kisraviydin, Ne Kispokim, bisoti Xusraviydin. Kelibdur aqldek boshtin-ayoq hush, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 224 Takallum vaqti go‘yo, yo‘qsa xomush. Solib Bonu quloq ul mojarog‘a, Tushurmak hukm etib mehmonsarog‘a. Ko‘p aylab aklu shurb ichra zarofat, Buyurdi ulcha imkoni ziyofat. Yibordi nuktadoni hushmand el, Daqiq idpoklik mushkilrisand el Ki, noziklik bila aylab qiyosin, Nekim bor onglagaylar muddaosin. Qilib ma’lumi ul xayli yagona, Bo‘lub dargah bisotig‘a ravona. Qilib arzida izhori xijolat Kim, ul xijlat-o‘q aylab arzi holat. Mihinbonu bilibkim, charxi soyir Yana ne bulajab la’b etti zohir. Dedikim: «Tongla asrab bor 3 chog‘in, Muhayyo aylangiz ko‘rmak yarog‘in. Ko‘ray e’zoz ilakim mehmondur, Ulug‘ yerdin yetishgan kordondur. Manga ma’lumi chun bo‘ldi xitobi, Degaymen har nekim bo‘lg‘ay javobi». Eshitgach hukm, yer o‘rtilar ul xayl, Chiqib hukm o‘lg‘on ishga qildilar mayl. Tushub Bonu tafakkur olamig‘a, Tafakkur yo‘q, tahayyur olamig‘a. Desa zohir qilay ul ish rizosin, g‘animat onglabon davlat asosin. Kelib yodig‘a Farhodi sitamkash, Hazin ko‘ngli bo‘lur erdi mushavvash. Bu so‘z raddin qilurg‘a bo‘lsa mashg‘ul, Torilmay hech nav’i uzri ma’qul. Desa Xusravni o‘zdin kam emastur, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling