Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
217 Ki, anda torqamen jonon nishoni! Chu jonon aksi ko‘rguzgay bu ko‘zgu, O‘zumdin borg‘amen ul nav’kim suv. XXXVI Farhod bila Shirin may visolidin, balki visol mayidin birhol, balki behol bo‘lg‘onlari va charxi kabud, balki davri hasud soqiysi alarning aysh sog‘ari, balki sog‘ari ayshig‘a zahri hirmon, balki behush doruyi hijron qo‘shqoni va Xusravi Rarvez Shirinning shakarlablar shohi erkanin bilib, visoli no‘shin ko‘ngliga shirin qilib, shirin maqol elchidin chuchuk so‘zlar aytib yiborib, Shirin labi jullobidin kom orzusin shakarrez qilur muddao qilg‘oni Raqam qilg‘on bu so‘zu dard rozin, Aningdek chekti bu raykar tirozin Ki, chun bazm ichra ul ikki sitamkash, Yiqildilar tana’umdin qilib g‘ash. Yana bazm ahli tortib ohu nola, Bag‘ir qoni bo‘lub ichgan riyola. Ko‘tardilar ravon mahvashni bir yon, Yana ul bedili g‘amkashni bir yon. Anga bir uyda solib bistari noz, Kelib yotquzdilar huzn aylab og‘oz. Yana bir uyda yer solib nihoni, Yig‘ishturdilar ul ko‘hi baloni. Visol ichra yetishmay oshnolig‘, Falak soldi aro yerda judolig‘. Tong otquncha ikov behol edilar, Mashaqqat xaylig‘a romol edilar. Chu tebrandi nasimi subhgohi, Sahargah o‘ylakim Farhod ohi. Falakni tun g‘uboridin sururdi, Ne tun, savdo tutunin dog‘i surdi. Ul ikki ishq savdosida madhush, O‘ziga keldilar aylab madad hush. Xijolatdin qO‘pub Farhodi diltang, Baliyat tog‘i sori qildi ohang. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 218 Pari raykarda xud bir sa’b holat Ki, aylab jonining qasdi malolat. Mihinbonuni ojiz aylab ul hol, Bo‘la olmay ul ishda forig‘ulbol. Ne bedil tarkini tutmoqqa xushnud, Ne mahvashqa nasihat aylabon sud. Desakim bermayin bedilg‘a quvvat, Taqozo qilmay insofu muruvvat. Ko‘p o‘lsa mehribon xudkomlig‘din, Yel ichra vahm etib badnomlig‘din. Vale chun bilmish erdi ishqi pokin, Bu yanglig‘ ishq aro dardi halokin. Tilab har necha kunda bir dam oni, Ichib bir necha jomi komroni. Chu mahvash ilgidin aylab qadah no‘sh, Bu ham behush o‘lub, ul dog‘i behush. Yana ul hushig‘a kelgach tutub tog‘, Muning jonig‘a qolib yuz tuman dog‘. Bu yanglig‘ voqi’ erdi muddati hol, Yetishmay hol bo‘lmoq erdi behol Ki, nogohon sirehri bemadoro, Ajab mansuba qildi oshkoro. Bu tarix ichra mag‘rib hukmroni, Ne mag‘ribkim, jahon kishvarsitoni. Ajam birla Arab mulkida dovar, Arab birla Ajamg‘a shohu sarvar. Shahi erdiki derlar oni Xusrav, Mutii amri garduni sabukrav. Jahon mulkin tutub xaylu sirohi, Madoyin 1 mulki oning taxtgohi. Nasabda topibon Kisrog‘a rayvand, Qayu rayvand, farzandig‘a farzand. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling