Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
213 Gah o‘zida, gahi borib o‘zidin. Pari yanglig‘ nazarlardin nihoni, Kupub ul elniyu, el ko‘rmay oni. Vale Bonu tutub ko‘z uchidin ros Ki, xopokan nechuk yumshatmish olmos. Munung ashki gahi boshidin oshib, Gah oning ohidin olam tutoshib. Dedi ko‘nglida Bonukim: bu g‘amnok Ki, mundoq mumkin ermas gavhari pok. Manga xud barcha holi bo‘ldi ravshan Ki, qilmish rostliq — ish, poklik — fan. Chu yo‘qtur bir nazar qilmoqqa tobi, Chiqorg‘a yovushur joni xarobi. Malakdur kelgan inson suratida, Malakvashliq mubarhan hay’atida. Bu holat ichra har nav’i Kimondin Emas mumkin xayoli fosid ondin. Bukun qilg‘ay xilofi poklig‘ ul, Emas bermak ravo imkong‘a ham yo‘l. Anga ko‘zu ko‘ngul juz pok emasdur, Nazarda pok ko‘zdin bok emasdur. Kuyar shavq o‘tidin joni asiri, Erur yerida bo‘lsam dastgiri. Bu muhlik g‘amda chiqsa joni oning, Yaqin bo‘ynumg‘a bo‘lg‘ay qoni oning. Dedikim: «Xo‘blar shohig‘a ayting, Malohat avjining mohig‘a ayting Ki, bir dam mizbonliq rasmi tutsun, Yuzidan mehmon ko‘zin yorutsun! Labidin jong‘a qilsun mizbonliq, Yuzidin ko‘zga etsun mehmonliq!» Sumanbar 12 xud eshitur erdi oni, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 214 Bo‘lub bu nuktadin osuda joni. Xiromon bazm aro bo‘ldi ravona Ki, qo‘zg‘oldi xiromidin zamona. Yuzinda mehr o‘tidin asarlar, Ko‘zida ashk selidin xabarlar. Ko‘zidin hajr apokim ashki borib, Bori mujgon sinonlarin suvorib. Qilib Farhod metini kibi tez, Bo‘lub ul xorarez, ammo bu xunrez. Og‘izdin ohikim kam bo‘lmayin hech, Bu yel zunnori zulfidin ochib rech Ki, har tori yuz imon aylagay band Ki, qilg‘ay kufr zunnorig‘a rayvand. Uzori o‘tig‘akim ashk urub suv, Ulusning kuymagin ko‘rrak qilib bu. Qoshindakim girih zohir qilib g‘am, Yangi oy fitnaliq andoq kelib kam. Jamolidin qo‘yub davrong‘a minnat, Tutub davron bu ishdin jong‘a minnat. Uzoridin qilib davronni ravshan, Qoshidin toq ila ayvonni ravshan. Solib o‘t jong‘a la’li otashini, Jahong‘a chehrai burqa’nishini. Chiqarg‘ach rardalarning keynidin chehr Nechukkim to‘rt burqa’ ostidin mehr 13 . Qupub bazm ichra el qo‘zg‘oldilar bot, Aningdekkim quyosh chiqqonda zarrot. Bir o‘t Farhodi besomong‘a tushti Ki, jismin pok o‘rtab, jong‘a tushti. Ko‘zi tushgach ul oyga, chekti bir oh Ki, dudidin qorordi yetti xirgoh 14 . Yaqin erdiki tarki hush qilg‘ay, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling