Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
205
Mihinbonu bila Shirin surub ot 
Ki, qasr ollig‘a yetkaylar sudin bot. 
Va lekin suv bo‘lub andoq sabukrav 
Ki, yetmay girdig‘a xingi sabukdav. 
Yugurmakka ulus baskim qilib mayl, 
Yiqilib bir-biri ustida har xayl. 
Qilib el keynidin ham ro‘ya Farhod, 
Ko‘zi ul yonkim ul huri Parizod. 
Sumanbar chorib erdi o‘n yig‘och yo‘l, 
Demaykim tuz, tamomi tog‘ ila cho‘l. 
Yana qaytib samandin surdi chun tez 
Yeti-sekkiz yig‘och bo‘ldi sabukxez. 
Nasimekim yuki siym o‘lg‘ay oxir 
Taharrukda anga biym o‘lg‘ay oxir
6

Aningdek bodroyi tutti orom 
Ki, bosqon yerdin o‘tmas bo‘ldi bir gom. 
Bor erdi sursa chirmoshib ayog‘i, 
Pari raykar yiqilmoq xavfi dog‘i. 
Chu oshiq ongladi qilg‘och taammul 
Ki, yeldin tushkudekdur yer uza gul. 
Yer o‘rmaklikka majnundek xam o‘ldi, 
Quyosh ostida gardundek xam o‘ldi. 
Ko‘tardi orqasig‘a bodroni, 
Nechukkim bodro ul dilraboni
7

Bir ilgi ikki qo‘lin qildi mahkam
Yana bir ilgi ikki butlarin ham. 
Aningdek ro‘yada ko‘rguzdi ta’jil 
Ki, gardi surma bo‘ldi mil dar mil. 
Mihinbonu ani nazzora aylab, 
Tora olmay ilojin chora aylab. 
Chu ikki-uch yig‘och gom urdi shaydo, 
Bo‘lub ollinda qasru havz raydo. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
206
Qadamni qo‘ydi qasr ayvoni sori, 
Salomat raxshi birla shahsuvori. 
Turub ayvonda solim chun egib qad, 
Hamul turg‘on su birla sarvi gulxad. 
Boshig‘a sarvning aylandi filhol
O‘pub yer, zor yig‘lab, yondi filhol. 
Chiqib tog‘ uzra aylab ashkboron, 
Chekib un, o‘ylakim abri bahoron. 
Chu ul qildi bulutdek tog‘ uza mayl, 
Arig‘din suv yetishti o‘ylakim sel. 
Labolab ul sudin chun havz to‘ldi, 
Arig‘lar dog‘i molomol bo‘ldi. 
Bo‘lub suv qasr atrofig‘a doyir, 
To‘kuldi dasht uza bo‘lmoqqa soyir. 
Ariqqa qo‘ydilar «Nahr ul-hayot» ism, 
Falakvash havzg‘a «Bahr un-najot» ism. 
Ketur, soqiy, tag‘ori bahr timsol
Qadah kishtisin ul may bahrig‘a sol! 
Arig‘ ichmak erur jonim hayoti, 
Tugatmak bahri may umrum najoti. 
XXXV 
Mihinbonu bila Shirinning Farhodni firoq xoro kamari etagidin domangir bo‘lub visol atlasi charxi 
haramida to‘qquz rarda ichra mahram qilib ziyofat harir va hullalari uzra majlis tuzatmoqlari va o‘n 
fanda o‘n sohib kamol qizkim, asharai komila alar ta’rifidin ushri ashir bo‘la olg‘ay, aning qoshinda 
izhori fazl qilib o‘zlarining qonidek, ya’ni yuzidek xijolat boshlarin quyi solmoqlari va Shirin-ning 
falak qasridin quyosh chiqqondek qasr hujrasidin chiqib mehri jamoli kavkabasi bila anjumanni 
ravshan qilmoqlig‘i va Farhodi siyah sitora ollinda hiloliy jom aro shafaqgun may tutub, aning ishqi 
bila ichib o‘z ishqi bila anga ichurub, bir-birining bodai ishqidin mast
Guzorish suyidin bu havzi xoro, 
Bu yanglig‘ mavj qildi oshkoro 
Ki, ul suv havz aro qilg‘och tamavvuj, 
Ulusqa necha vaqt o‘ldi tafarruj. 
Mihinbonu bila Shirini g‘amkash, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling