Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
201
Urub ohidin o‘t hardam zabona, 
Suv ochmoq azmig‘a bo‘ldi ravona. 
Sanam xud tinmayin so‘zi nihondin, 
Tutar erdi xabar har lahza ondin. 
Va lekin bu xabarni chun eshitti
Qaroru sabri ketti, hushi itti. 
Buyurdikim: «Ravonroq kelturung ot», 
Buyurg‘och ashhabi kelturdilar bot. 
Ul ashhab girdu rast erdiyu rahvor, 
Nechukkim bo‘lsa g‘alton durri shahvor. 
Chu chiqti yelga gulbargi taridek
Falak raxshiga mehri xovaridek. 
Kishi Bonug‘a
1
chorturdi shitobon 
Ki, qildi sayr azmi mehri tobon. 
Quyoshdek sayrda bordur shitobi 
Ki, bir dam manzil etkay burji obi. 
Hamul xopokani ro‘lod bozu
2

Ariqqa men yetishmay qo‘ymasun suv! 
Xabar chun bildi Bonu shod bo‘ldi, 
Surub bedil qoshig‘a uzr qo‘ldi: 
«Ki, ey bizdin sanga yetgan malolat
Yetishmay bizga sandin juz xijolat. 
Dame ting‘ilki qilding ko‘p taku ro‘y, 
Hamono azm etibdur sarvi gulro‘y 
Ki, ushbu sarzaminni ravshan etgay. 
Arig‘ni sarvu guldek maskan etgay». 
Navozishlar qilib bedilni behad, 
Buyurdi soldilar ul yerda masnad. 
Chiqib masnad yuzida tutti orom, 
Hamul tavsanni aylab so‘z aro rom. 
Irak zaylucha ham soldurdi filhol
Dedi: «O‘ltursun ul sho‘rida ahvol!» 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
202
O‘pub tufrog‘ni xopoko‘bi
3
xoki 
Ulusni o‘rtab ohi dardnoki. 
Kelib yer tutti Bonu xizmatida 
Malak ul nav’kim gardun qatida. 
Mihinbonu navozish aylabon soz
Anga diljo‘yluqlar qildi og‘oz. 
Debon har lahza shafqat birla bir so‘z, 
Hayodin ul tikib yerga iki ko‘z. 
Shukuhu hilmi aylab elni bevazn, 
Giyohu xasqa tog‘ ollida ne vazn. 
Adab birla berib gohi javobi 
Ki, har lafzi aning durri xushobi. 
So‘zidin fahm o‘lub aqlu kayosat. 
Yuzidin bilgurub fahmu farosat. 
Bularg‘a munda mundoq rasm, qonun 
Ki, chiqti bir g‘ubori to‘tiyogun. 
Chu rechu tob birla avj tutti, 
Falak yo‘qkim, quyosh aynin yorutti. 
Dedilar: «Bu g‘ubori surmamonand 
Ki, tutti charx kuhli birla rayvand. 
Hamono xo‘blar sultoniningdur, 
Jamol avji mahi toboniningdur». 
Bu yon go‘yoki surmishdur takovar 
Ki, gardidin ko‘runmas mehri xovar. 
Ulusni surdilar ul suv boshidin
Ne suv, Farhod ila Bonu qoshidin. 
Yana Farhodni titratma tutti, 
Isig‘ dam jismida qonin qurutti. 
Mihinbonu kelib rand etti bunyod, 
Qasam Shirin boshidin aylabon yod 
Ki, ey farzand, bir dam tut o‘zungni, 
Dame asra ko‘ngul birla ko‘zungni! 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling