Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
203
Bu dam gar torsa hushung rishtasi rech 
Bo‘lur bu necha yil qilg‘on ishing hech. 
Seni devonalig‘ gar qilsa mag‘lub, 
Pari raykar bo‘lur el ichra mahjub. 
O‘zungni asra bir dam, bo‘lma g‘oyib 
Ki, dahr ahli tilab tormas maoyib. 
O‘zungni ham, meni ranjurni ham, 
Parishon aylama ul hurni ham. 
Bu yanglig‘ ko‘p sabaq irshod qildi, 
Muassir ko‘p qasam ham yod qildi. 
O‘zin zabt etkucha ul zori g‘amkash, 
Yetishti telba boshig‘a Parivash. 
Uzori birla o‘t olamg‘a solib, 
Samandardek ulus o‘t ichra qolib. 
Dema, yuz uzra zulfi anbarolud 
Ki, ul o‘t zohir aylab anbarin dud. 
Hamul o‘t shu’lasi o‘rtab jahonni, 
Bu dud aylab qaro yuz xonumonni. 
Kamoli sur’atidin sarvi gulro‘ 
Ravon aylab uzori o‘tidin suv. 
Bo‘lub fahm ul sudin ayni latofat, 
Ko‘ngul elturga lekin seli ofat. 
Yuzida xol o‘lub gulbarg uza zog‘, 
Va yo ter ostida suv ichraki bog‘
4

Dema suvkim, ziloli zindagoni, 
Ne Xizru ne Sikandar topib oni. 
Bo‘lub g‘alton latofatdin gul uzra
Sochib yuz qatra har dam sunbul uzra. 
Sochi zulmotida yuz ming Sikandar, 
Itib dud ichra andoqkim samandar. 
Takovar uzra ra’no qaddu andom, 
Balolar sochib, ofatlar qilib om. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
204
Yuzi mehri niqob ostida rinhon. 
Nechukkim, oy sahob ostida rinhon. 
Bu yanglig‘ yetti oshubi zamona, 
Samandi na’li sarko‘bi zamona. 
Dedi bedilg‘a Bonukim: «Ravon bo‘l, 
Ishingga ham qadam qo‘y, ham uzot qo‘l. 
Bu ofatkim buyon solmish guzarni, 
Tushardin ul taraf asra nazarni. 
Sanga garchi bu talqin bejihatdur
Va lekin holiyo bu maslahatdur». 
Sitamkash Bonu ollida yer o‘rti, 
Qo‘lin Shorur tutti toki qo‘rti. 
Olib metin suv ochmoq etti bunyod, 
Yetishti ul sori huri Parizod. 
Boqar erdi arig‘ning ichu toshin, 
Kulumsub tebratib har lahza boshin. 
Oshib har ishda hayrat nozaning‘a, 
Bo‘lub qoyil rayoray ofaring‘a. 
Pari raykarda so‘z yo‘q g‘ayri tahsin 
Urub devona suv ochmoqqa metin
5

Sug‘a orig‘ shikofin ochti chun chust, 
Burun novu mamarni bog‘labon rust. 
Chu ul yo‘l bo‘ldi xoro birla masdud
Bu yo‘lg‘a mayl qildi tezrav rud. 
Arig‘ novi chu bo‘ldi suv maqomi, 
Tegirmon novidek bo‘ldi xiromi. 
Xaloyiq ichra g‘avg‘o tushti har yon, 
Ulus ichra alolo tushti har yon. 
Arig‘ning ikki yonidin alolo
Nishot ahli tuzub dirno talolo. 
Mug‘anniylar iki yondin navosoz, 
Tuzub ul ro‘d lahni birla ovoz. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling