Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
229
Ravon Xusrav qoshida arza qildi. 
Eshitgach tund o‘lub doroyi dovar, 
g‘azabdin qilmadi ul so‘zni bovar. 
Yana bir tundroq elchi yibordi
Aning dog‘i javobi bo‘yla bordi. 
Necha qatla borib keldi rasuli, 
Muyassar bo‘lmadi maqsad husuli. 
g‘azab ul nav’ garm etti dimog‘in 
Ki, dudi tiyra qildi kun charog‘in. 
Dedi: «Holim mening ul yerga yetti 
Ki, bu nav’ el so‘zumdin nafrat etti. 
Yaqindurkim bu bema’ni fasona, 
Erur boshtin-ayog‘ makru bahona. 
Manga bas ermas erdi bu qadar nang 
Ki, qilg‘oymen alarg‘a o‘zni hamsang. 
Eshitmaklik kerak bu mojaro ham, 
Ki, qilg‘aylar alar so‘zdin ibo ham. 
Erur o‘z baxtig‘a bermak nigunluq, 
Zabunlarg‘a ayon qilmoq zabunluq. 
Nega xud chiqmasun sung‘ur jahondin
Ko‘rub shavkat sadosi mokiyonding‘ 
g‘azanfar xud netar changolu yolin, 
Chekar bo‘lsa tishi o‘yning maholin. 
Agar umr o‘lsa ul ayyoralarg‘a, 
Demay ayyorakim, makkoralarg‘a. 
Sitamdin yetkuray andoq sazoe
Solay kishvarlari ichra baloe 
Ki, qayda bor esa bir hiylarayvand, 
Qiyomatg‘a dekin bo‘lg‘ay anga rand». 
Bu so‘zlarni debon azm ayladi bot
Sirahlar tortibon hayhot-hayhot! 
Kerak ishq ahli qul bo‘lmoq bu so‘zga 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
230
Ki, «shahliq o‘zgadur, oshiqliq o‘zga»
8

Ketur, soqiy, qadah ogohliqdin 
Ki, andin jur’a xushroq shohliqdin! 
Ichib may, saltanat ilmay ko‘zumga. 
Qilay zulm, elga qilg‘uncha, o‘zumga!
9
XXXVIII 
Xusravning Shirin soridin kelgan talx javoblaridin achchig‘lanib qalin siroh chekib, Arman 
viloyatig‘a sho‘ru g‘avg‘o solg‘oni va Mihinbonu Armaniya qo‘rg‘oninkim, har burji rif’atda 
sekizinchi hisorning o‘n ikki burjidin bosh o‘tkarib, har kungirasi to‘qquzunchi hisn uchig‘a xisht 
yetkurub erdi berkitgoni va Xusrav qal’a tegrasin evrularda Farhodni qayo ustida kupub tutmoq xayoli 
qilib Farhodning til xaroshi bila aning bag‘rig‘a nish sonchib, ko‘ngliga tig‘ urmog‘i va ilik toshi bila 
boshidin xudin va alami boshidin mahchasin uchurmog‘i va Xusravning tug‘i boshsiz va boshi xudsiz 
o‘rdusig‘a surmoki va cherigin qo‘rg‘on sori ko‘churmoki 
Maoni xaylini qilg‘on murattab, 
Bu maydon ichra mundoq surdi markab 
Ki, chun surdi sirah Armang‘a Rarvez, 
Nizou qahr tig‘in aylabon tez. 
Ne o‘rdusig‘a bor erdi kanora
Ne ul o‘rduning ahlig‘a shumora. 
Sirah gardi qarortib kun charog‘in, 
Mushavvash aylabon gardun dimog‘in. 
Sirohi chekti ko‘rguzmakka bedod 
Ki, bermas olami bedodgar yod. 
Necha kun chun manozil qat’ qildi, 
Cherik Arman savodig‘a yoyildi. 
Xabar Bonu sori yetkurdi har xayl 
Ki, tutti borcha Arman mulkini sel. 
Qayu bir selikim, daryoyi ofat, 
Qayu daryoki, to‘foni maxofat. 
Anga xud bu ish ermas erdi mubham, 
Burundin ishni qilmish erdi mahkam. 
Hisorin royu harfi qal’adori, 
Qilib mahkam nechukkim ko‘k hisori. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling