Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
247
Degaymen ishq o‘tig‘a xaslig‘imni, 
g‘aribu oshiqu bekaslig‘imni». 
Chu Farhod oncha ohu dardi jonso‘z, 
Ko‘ribkim, zohir etti ul siyahro‘z. 
Anga xud muncha hojat ermas erdi
Degan yuz ming fusundin bir bas erdi. 
Damidin shu’lalar gardung‘a bordi, 
Ko‘zidin sellari homung‘a bordi. 
Fusungar sharh qilg‘ondek malolin, 
Mushobih torti o‘z oshufta holin. 
Chekib huy oncha sho‘ru shayn qildi 
Ki, g‘amkash jismi za’f aylab yiqildi. 
Yugurdi hiylagar devonalardek, 
Yiqilg‘on sham’ uza rarvonalardek. 
Chu ko‘rdi xastani beholu xomush
Dimog‘iga aning kelturgali hush. 
Gulekim sermish erdi no‘shdoru, 
g‘alat sharh ayladim, behushdoru. 
Dimog‘ig‘a qo‘yub qildi tavaqquf 
Ki, hushi zoyil o‘lg‘ay betaxalluf. 
Anga qolmaydur erdi hushidan bahr
Quyar erdi o‘lukning komig‘a zahr. 
Chu hushi xaylin etti bo‘yla g‘orat, 
QO‘pub far’yod etib qildi ishorat. 
Uyumush erdi bir tosh uzra Shorur, 
Yamon tush ko‘rmagidin erdi ranjur. 
Ul undin seskanib, borib qarori
Sarosima boqib Farhod sori. 
Ne ko‘rdig‘ Borib o‘zdin ul malakvash, 
Bo‘lub shaytonvashe har dam navokash. 
Anga bildiki andin bo‘lmish ul rev 
Ki, yetti har tarafdin ul suruk dev. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
248
Chu fahm ettiki bormish ilgidin ish, 
Yiqilmay bag‘rig‘a mahkam qilib tish. 
To‘kub Farhodning ul holig‘a yosh, 
Qo‘nqordi ul qayodin bir og‘ir tosh. 
Biyikrak yerda tutmish erdi manzil, 
Ayog‘ ostida hiylatsoz g‘ofil. 
Aningdek urdi ul tosh birla oni 
Ki, avval mag‘zi, so‘ngra chiqti joni. 
Usholdi tosh birla ul qotiq bosh, 
Masaldurkim, «ushotur boshni tosh»
4

Agar ul xastag‘a yetkurdi ofot, 
Yana ofotdin torti mukofot. 
Chu yettilar suruk xayli jafokesh, 
Bo‘lub Farhod holig‘a badandesh. 
Biri deb sudroli Xusravg‘a tegru, 
Biri deb eltoli boshini ayru. 
Chu ko‘rdilar jamoli jonfizoyin
Unuttilar taaddi rasmu royin. 
Ko‘tardilar ani aylab yuz ikrom, 
Qilib avd urdilar Xusrav sori gom. 
O‘lukdek o‘zda yo‘q Farhodi mahjur, 
Yovushub o‘zni o‘lturmakka Shorur. 
Bo‘lub chun tog‘ aro ul navharardoz
Sadodin tog‘ etib ham navha og‘oz. 
Bu yanglig‘kim falak aylab sitezi, 
Tushub qo‘rg‘on eliga rustaxezi. 
Va lekin yoshurub ul ishni nokom 
Ki, nogah bilmagay sarvi gulandom. 
Ki, fahm etsa yumub jondin ko‘zini, 
Shake yo‘qturki o‘lturgay o‘zini. 
Alar aylab asir ul notavonni
Mashaqqat tog‘ida bexonumonni. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling