Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
279
Sekiz gul bargi birla betaammul
Sarig‘ gul uzra oqizdi qizil gul
3

Bo‘lub barmoqlari qondin hino rang, 
Vale la’li qururdin kahrabo rang. 
Sirishki qoni yuz qonida oqqon
Hamonokim yur erdi qon bila qon. 
Bo‘lub gulgun hariri chok elidin, 
Nechukkim gul yaqosi tong yelidin. 
Kelib gulgun hariru rarniyoni 
Qolog‘ay chun oqib har yerda qoni. 
Urub gulgun yaqo chok aylaguncha
Bo‘lub zohir gul ichra ikki g‘uncha. 
Dema g‘uncha, iki raykon de oni, 
g‘am o‘qi ko‘ksidin o‘tkan nishoni. 
Iki nargis aro yuz qatra lola, 
Sovuq ohi bila gulrang jola. 
Ochib sunbulni gulbargi tar uzra
Savodi shom mehri xovar uzra. 
Sochi shominki aylab mehru mah ro‘sh, 
Yuzin ul so‘gidin aylab siyahro‘sh. 
Yuzi o‘tida zulfi anbarolud, 
Ul o‘tqa chun yog‘ib ashki, chiqib dud. 
Urunub oncha sho‘ru shayn qildi 
Ki, za’f aylab, esi ozib yiqildi. 
Boshi ustida Bonu ashkrezon
Qaroru sabri ko‘nglidin gurezon. 
Bu holat ichra yetti xasta Shorur, 
Zamona zarbasidin jismi ranjur. 
Yer o‘rti Bonu ollinda qo‘yub bosh, 
So‘z aytib, shodmonlig‘din to‘kub yosh 
Ki: «Gardunmasnado, anjumsiroho, 
Humoyun torazo, ismat panoho
4



Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
280
Hamul kundinki shohi kishvari ishq, 
Balo avjida raxshon axtari ishq. 
Desam shah — shah, desam darvesh — darvesh, 
g‘aribu xasta Farhodi jigarresh. 
Aduvning domi makrig‘a bo‘lub sayd, 
Aning qaydig‘a zohir bo‘ldi yuz qayd. 
Bihamdillah, anga qayd aylagonni
O‘kush talbis ila sayd aylagonni. 
Olib bir devkush xopoki ottim, 
Jahannam xittasi sori uzottim. 
Ko‘zum chun orazidin bo‘ldi mahjur, 
Yotardim go‘shalarda zoru ranjur. 
Ne sud oning sori bo‘lmoqqa ozim, 
Ne yuzkim sizga bo‘lg‘oymen mulozim. 
Tuno kungacha erdim zoru g‘amkash, 
Yiqilg‘on bir buzug‘ ichra mushavvash. 
Chu qo‘rg‘on ichra bo‘ldum asru diltang, 
QO‘pub tashqari chiqmoq qildim ohang. 
Qadam boru uza har sori soldim 
Ki, o‘zni qal’adin tashqori soldim. 
Ki, ul xayl ichra kezib ertau kech, 
Tora olg‘aymu men andin xabar hechg‘! 
Kirib Rarvez o‘rdusig‘a bu shom, 
Tutub har anjuman yonida orom. 
Yetib ishratgahu g‘amxonalarg‘a, 
Quloq solur edim afsonalarg‘a. 
Hamono qat’ o‘lub gardun nifoqi, 
Ajab mansuba tushti ittifoqi. 
Ki, ham ushbu kun ul fardi zamondin
g‘aribu xastau bexonumondin. 
Ulus ichra hadisi toza erdi, 
Bag‘oyat bulajab ovoza erdi». 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling