Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
271 Chu bo‘ldi toqatiyu sabri barbod, Chekib faryod qildi navha bunyod Ki: «Yey zolim sirehri kinararvard! Chiqording ushbu xoki jismdin gard 5 . Tariqi zulm yo kin muncha bo‘lg‘ay, Jafo qilmoqqa oyin muncha bo‘lg‘ay! Ajal tig‘in chekib sursang ne bo‘ldi, Meni bir qatla o‘ltursang ne bo‘ldig‘! g‘aribu xastau mahzun emonmu, Balo vodiysida majnun emonmug‘! Anikim Tengri aylabtur zabardast, Birovni ko‘rsa g‘urbat kojidin rast, Kerak lutfu karam bo‘lg‘ay shiori, Yo‘q ersa qilmag‘ay ming zulm bori. Qayon bordi sening ozarming oxir, Qaro tufroqqa mehri garming oxirg‘! Necha jonimg‘a mundoq kecha bo‘lg‘ay, Kecha jonimg‘a mundoq necha bo‘lg‘ayg‘ Boshimg‘a ko‘rki ne tun kelturubsen, Demon tun, ne qaro kun kelturubseng‘ Qayu tun, qiyrgun ming devi xunxor, Meni qilding bularg‘a qatl uchun xor. Necha ming yil qilib sayr emdi tolding, Va yo baxtim kibi uyqug‘a qoldingg‘ Degil har kungi goming qoni oxir, Har oqshomg‘i xiroming qoni oxirg‘ Magar men oh o‘qin otkonda kori, Ayog‘ing bo‘ldi ul o‘qlar figori. Agar afgor emassen, bir qadam ur, Gar o‘lmaysen, chiqorg‘il subh, dam ur. Ul oy hijronida holimg‘a rahm et, Qaro shom ichra ahvolimg‘a rahm et!» Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 272 Anga bu holkim oy bo‘ldi tole’, Yorutti yerni chun xurshedi lome’. Base sa’y aylabon bechora qo‘rti, Yangi oydek xam aylab qad, yer o‘rti. Dedi: «Yey tiyra shomim ravshan etgan, O‘lar holatda faryodimg‘a yetgan. Ne bo‘lg‘ay rahm etib jonimni olsang, Ul oyning ko‘yi tufrog‘ig‘a solsang. Bo‘lurdektur adam sori xiromim, Anga yetkursang oxir dam salomim». Solur erdi nazar ko‘klarga bir-bir Ki, nogah ko‘zlariga uchradi Tir 6 . Dedi: «K-ey do‘stlar holin raqamzan, Sirehr avroqida doim qalamzan. Qarog‘im aylasang netgay siyohi, Bitisang holatim sharhin kamohi. Qachon nur ul quyosh tobidin olsang, Qoshig‘a chirmabon nomamni solsang». Ko‘rungoch Zuhra, un tortib damo-dam, Qadin afg‘ondin aylab changdek xam. Debon: «K-ey yer uza ko‘kdin tarabrez, Unung jonbaxshu nag‘mang ishratangez. Zamone tori xunyogarlig‘ing uz, O‘larmen navhagarlik sozini tuz 7 . Ul oy bazmida bo‘lsang nag‘marardoz, Halokim navhasin ham aylagil soz». Kupub to‘rtunchi manzarni chu xoli, Debon: «K-ey mehrsiz garduni oli. Quyoshingni quyoshimdek yoshurdung, Manga hijron tunin haddin oshurdung. Yorut olamni, mehring zohir ayla, Mening bu shomi hajrim oxir ayla». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling