Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


XLV  Alisher Navoiy. Farhod va Shirin  www.ziyouz.com


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

XLV 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
285
Shirinning nayi kilki shakarrezlik, balki sahifai kofurig‘a mushkbezlik qilg‘oni va hajr qaro shomi 
mushkidin ro‘zgori tiyra bo‘lub ul royiha yabusatidin
1
 dimog‘i za’fi quvvatin va sudoi shiddatin va 
nomus rardalari nofasida ishq g‘ammoz mushki isin nihon asramoq suubatin raqam urg‘oni va Farhod 
o‘qub aning sunbuli mushkinidek rechu tobdin esi ozg‘oni
«Aning hamdi bila bu nomai dard 
Ki, soldi dahr aro hangomai dard. 
Vafo ahlini qilg‘on mazhari qahr, 
Solib komig‘a hijron jomidin zahr. 
Ko‘rub ishq ahlig‘a kuymoklik avlo, 
Jaloliyat bila aylab tajallo. 
Urub chun ishq barqin betaammul, 
Agar sarvu agar xaskim qilib kul. 
Muhabbat selig‘a berganda bedod
Yiqarda demayin vayronu obod. 
Yeturgach g‘am yelining turktozi, 
O‘chub teng mash’alu sham’i Tirozi. 
Qilib chun mehnat o‘ti dudini fosh, 
Agar ko‘ru agar bino to‘kub yosh. 
Sinib g‘am toshidin yetkursa kina, 
Agar yoqut agar xud obgina. 
Somong‘a gar berib ranji nihoni, 
Hamul kohivash aylab kahraboni. 
Agar bulbul fig‘on qilmog‘i ondin, 
Bo‘lub gul jaybi choki dog‘i ondin. 
Ham ondin zarra tobu iztirobi
Ham ondin mehri raxshon so‘zu tobi. 
Bitib chunkim berib insho kushodi 
Kim, ushbu noma yo‘q, mehnat savodi. 
Demon bir sham’din rarvona sori, 
Samandardin bir otashxona sori
2
Ki, ya’ni men zaifi xastajondin
Malolat qal’asiga posbondin
3

Sangakim qal’ang o‘lmish ko‘hi anduh, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
286
g‘amu dardu firoqing ko‘h to ko‘h. 
Nedur ahvoling, ey zori g‘aribim, 
Visolim davlatidin benasibimg‘ 
Chekardin g‘am tog‘in holing nechukdur
Bu yukdin jismi chun noling nechukdur. 
Qatiq g‘urbat aro holing ne erkin, 
Achiq furqatda ahvoling ne erking‘ 
Firoq ichra nechukdur jismi zoring, 
Ne yanglig‘ to‘lg‘onur o‘t ichra toringg‘ 
Sochim fikrida tunlar aylasang rech, 
Qarorurmu jahoning tun kibi hechg‘ 
Qoshim mehrobini yod aylagan dam
Yangi oydek bo‘lurmu qomating xamg‘ 
Ko‘zum fikri ichingga solsa qayg‘u, 
Balo har go‘shadin tug‘yon qilurmug‘ 
Chu mujgonim g‘amidin chiqsa ho‘yung, 
Bo‘lurmu bir tikon har tora mo‘yungg‘ 
Qarog‘imni taxayyul aylagan chog‘, 
Xayoling shaxsi o‘rtarmu yangi dog‘g‘ 
Yengim gulbargidin bo‘lg‘onda mahzun, 
Yuzung gul-gul qilurmu ashki gulgung‘ 
Qilib xolim g‘ami ko‘nglungga kinlar, 
Qo‘narmu ul yarang uzra chibinlarg‘ 
Yuzum hajrida to‘ksa ko‘zlaring suv, 
Quyosh ruxsorig‘a boqqung kelurmug‘ 
Ko‘zung la’lim g‘amidin to‘ksa qon yosh, 
Bo‘lurmu la’l ul qon birla har toshg‘ 
Tiling qilsa hadisimdin rivoyat, 
O‘zung birla qilursenmu hikoyatg‘ 
Tishim yodida ko‘nglung cheksa nola, 
Yoshingni sovuq oh aylarmu jolag‘ 
Zamiring qilsa og‘zimni tavahhum
Adam yo‘lida aylarmu o‘zin Kimg‘ 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling