Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
293
XLVI 
Farhodning Shirin nomasi muqobalasida xoma uchin metini no‘gidek tez etib, ul xoma bila varaq 
taxtasin metin xoro taxtasig‘a tekkondek otashangez qilg‘onini va Pari afsunidin ajz zohir qilib, 
telbalardek o‘zin itlar silsilasig‘a tortib loba ko‘rguzgonini Pari raykar o‘qub, Parizadalardek 
iztirobqa tushub, ko‘ngli qushi majnuni sori rarvoz qilib, ani ko‘rarga ko‘zi uchqoni, balki majnuni 
uyqu xaylidek aning 
 
Aning oti bila bu g‘am savodi 
Ki, naqshi kilkidur olam savodi. 
Yorurg‘a husn sham’i shomi dayjur, 
Chiqorib ishq barqi noridin nur. 
Chekib chun ishq norining duxonin
Qarortib dard elining xonumonin. 
Quyoshdek kimning aylab husnin ofot, 
Ulusni qo‘zg‘abon andoqki zarrot. 
Anikim oshiq aylab zarra monand, 
Qilib sargashtaliklar birla xursand. 
Angakim bermayin o‘z mulkidin bahr
Qilib g‘urbat mayin talx o‘ylakim zahr. 
Diyoru yor dardin qattig‘ etgan, 
Firoqu hajr jomin achchig‘ etgan. 
Birovgakim berib g‘urbatda maskan, 
Jahon ahlin qilib jonig‘a dushman. 
Anikim do‘stdin aylab tarabnok, 
Ulus dushmanlig‘idin bermayin bok. 
Chiqorur elni g‘am hangomasidin, 
Qilib masrur dilbar nomasidin. 
Balo tog‘in sarosar xora qilg‘on, 
Anga ishq ahlini ovora qilg‘on. 
Muhabbat dashtini qilg‘on baloe, 
Yetib har mo‘rin oning ajdahoe. 
Surub chun nuktani hamd ichra laxte, 
Deb andin so‘ng nechukkim sho‘rbaxte 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
294
Ki: «Bu mehnat o‘tining dostoni, 
Savodi g‘ussa dudidin nishoni. 
Tikondin yo‘qki sarvu yosaming‘a, 
Tomug‘din balki firdavsi baring‘a. 
Tomug‘ni qo‘yki, ohin tortqon kun, 
Bo‘lub bir do‘zax ohidin har uchqun 
Ki, ya’ni men g‘aribi notavondin, 
Tutulg‘on zor ko‘ngli xasta jondin. 
Ko‘ngul bo‘lg‘on baloyi joni oning
Borib jondek ko‘ngul olg‘oni oning. 
Angakim yo‘q hadim jonon demakka, 
Qayu jonon demakkim, jon demakka. 
Va lekin chun junun ma’zuridurmen, 
Junun birla jahon mashhuridurmen. 
Nedinkim ofatim bo‘lg‘on Paridur, 
Pari yo‘q, odamilar sarvaridur. 
Ishim chun telbalikka torti rayvand, 
Ajab yo‘q, so‘z desam devonamonand. 
Junun ahli hadisi borsa har yon
Bo‘lur zohir xirad ahlig‘a hazyon. 
Paridin noqili afsonadurmen, 
Ne tong sahv o‘lsakim, devonadurmen. 
Va lekin keldi chun Layli misoli, 
Qilay Majnun kibi ko‘nglumni xoli. 
Nigoro, mahvasho, iffatranoho, 
Jahon mahvashlarig‘a rodshoho! 
Sanga haddim yo‘q o‘lmoq nuktarardoz, 
Tilarmen itlaringg‘a aytmoq roz. 
Nedur ko‘yung aro itlarg‘a holat, 
Farog‘at birladurlar, yo malolatg‘ 
Kecha ul ko‘y aro qilg‘onda faryod. 
Qilurlarmu bu itgan itni ham yodg‘ 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling