Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
311 Ki, keldi pok, oxir bordi ham pok. Chekib Farhod uchun ohi halokin, Aning yodida berdi joni pokin. Borur dam og‘zida Farhod zikri, Ichinda dog‘i ul noshod zikri. Bori Rarvez ranjin zoyi’ etti, Vale Farhod yodi birla ketti. Tilidin tortibon fartut 7 tig‘e, Der erdi har nafas ohu darig‘e. Qilib fartut bu afsonani big‘, Tushub Farhod ichiga yuz tuman tig‘. Uzun tortib halok afsonasin bu, Tushub oning ko‘zig‘a so‘ngg‘i uyqu. Sovug‘ damlar bila ul zoli damsard, Chiqordi ko‘kka ul tufrog‘din gard. Debon har dam darig‘i otasholud, Falakka chekti ul xoshokdin dud. g‘irevi tortibon Farhodi mazlum, Dedi: «Bas qilki, bo‘ldi qissa ma’lum. g‘araz gar jon edi, olding ana hoy! O‘luk tandin ne istarsen yana, voy! Ko‘ngul qonin ichardin to‘yg‘il emdi, Meni o‘z mehnatimg‘a qo‘yg‘il emdi! Debon qo‘rti jahondin silkibon qo‘l, Adam dashtig‘a hanjor aylabon yo‘l». Yoshidin tog‘da solib selrezi, Demakim selrezi, rustaxezi. Bu seli jismining qasrin qo‘ngorib, Hayoti xayli ham ul suvg‘a borib. Ketur, soqiy, qadah ul nav’kim sel Ki, qilg‘ay rangi oning qon sari mayl. Aningdek may ichardin mo‘ya tortay, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 312 Tutub Farhod so‘gin, ro‘ya tortay. XLIX Farhodning umri xayli vujud mulkidin jalo bo‘lg‘oni va ul jalo Parishonlig‘idin ajal xaylig‘a mubtalo bo‘lg‘oni va hayoti yuz yoshurub, ya’ni aning yoti bo‘lub umri quyoshi botib, ya’ni ul umr anga talx ko‘runub qayo tig‘i bila ko‘ksin yorib, ko‘ngli chokidin yillar yoshurg‘on dardu anduh tikonlarin chiqarib bexudona afsonalar bila ko‘nglin xoli etgoni va marg jomin paymona qilib navmidlig‘ ashki mayi ravon bo‘lg‘oni va ul fano bodasidin paymonasining to‘lg‘oni va ul paymonani ajal soqiylari ilgidin sirqora ichgoni va sog‘olmas maydin jonon yodi bila mast bo‘lub jonidin kechgoni Bu motamnoma yozg‘on kilki cholok, Qaro mundoq kiyib, aylar yoqo chok Ki, chun ul hajr dashtining shikori, Yedi bag‘rig‘a andoq zaxmi kori Ki, ul itik qilichdin sa’b yora, Ayirdi bag‘rin aylab ikki rora. Fig‘on tortib, qo‘rorg‘a mayl qildi, Vale har nechakim qo‘rti, yiqildi. Ajal yag‘mosi oldi jismidin zo‘r, Yorug‘ olamni ko‘rdi o‘ylakim go‘r. Qatiq tosh uzra talrinmoqqa tushti, So‘ngaklar jismida sinmoqqa tushti. Urub tosh uzra mahkam har zamon bosh Ki, borib bosh, onsiz qolg‘usi tosh. Yetib har neki bor ashkin ravona Ki, yig‘lardin qutuldung jovidona. Ko‘nguldin tashladi har sori marham, Ushotib anda novaklarni darham Ki, o‘tti andin ishkim, yora butgay, Ajal raykoni etgan rora butgay. Momug‘lar tashladi har yon tugandin, Ochib yuz chashma qon majruh tandin. Tuganlar momug‘idin har yon ul tog‘, Ochib yuz lola, lekin borcha bedog‘. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling