Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
155 Qamarg‘a tiyri oning chehrafarsoy, Iki tiyr ichra sargardon qolib oy. Muningdek tiyr ila har bodboni, Sirehri atlasu mihvar nishoni. Chekilgan har tanobi bodbonning Shuoiy xatti mehri zarfishonning. Ichi bir ev, vale olam evidek, Ne olam, nilgun toram evidek. Qilib najjori gardun hiylasozi, Quyi yerida farsh o‘rnig‘a kozi. Tushub suv ustida saqfi niguni, Ichinda tiyridin oliy sutuni. Sutunning bir uchi daryo uyiga, Bir uchi gunbazi xazro uyiga. Sutune bu sifat kim ko‘rdi bori, Bir uchi yona bir uyning madori. Yoyib ham bodbondin ko‘kka e’lom, Tutub ham langari ko‘k uzra orom. Anosir bo‘lmayin siflig‘a hoyil, Qilib ko‘kning quyi davrida manzil. Bo‘lub a’loda tiyr, asfalda tori, Falakning ikki jonibdin madori. Quyiyu-yuqori, ul tiyru ul tor, Falak davrida qutr aylab radidor. Bulardin boshqa gardun sayr kishti, Ravonliqda yelu suvdin sirishti. Adadda uch yuz ellik bahrraymoy, Falak ummonida har bir yangi oy. Yana sandal bila zavraq hisobi, Mingu ming yilcha har birning shitobi. Ham ildamliqda sarsardek ravona, Ham aylanmoqda igrimdin nishona. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 156 Suv uzra sayru davri ul sifat tez Ki, tufroq uzra sur’at vaqti Shabdez. Bo‘lub ming besh yuz ul majmuig‘a son, Qilib o‘lturg‘on el sayrini oson. Yosolib jo‘ng uza taxti Kayoni, Maqom aylab shahu shahzoda oni. Bo‘lub Chin ahlidin ul shahri cho‘bin, Aningdekkim, yana bir kishvari Chin. Yarog‘u sayr xotir istagoncha, Nechakim istagay xotir, yuz oncha. Safar asbobi birla har safina, Nechukkim ganji Qorundin dafina. Qurug‘liq ichra chun qolmadi hech ish, Ravoni kemalarga bo‘ldi junbish. Taharrukdin topib andoq taxalxul Ki, Chin shahri aro tushkay tazalzul. Necha ming jald mallohi hunarvar, Balig‘ yanglig‘ suv ichra mavjrarvar. Surar markab alarg‘a zavraqi tez, Bo‘lub sur’atda suvdin otashangez. Bori maqsudi sori aylabon mayl, Alar maylig‘a tobe’ shoh ila xayl. Chu yo‘lg‘a kirdilar ul ming yagona, Suv uzra olame bo‘ldi ravona. Savodi suvda jirmi xok 4 yanglig‘, Ne jirmi xokkim, aflok yanglig‘. Yorib daryo yuzin mushkin niqobi, Falakni o‘ylakim mushkin sahobi. Jazira azmig‘a bori qo‘yub yuz, Borur erdilar ikki kecha-kunduz. Suv uzra yel ayon etkach tamavvuj, Shahu shahzodag‘a ondin tafarruj. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling