Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
153 Ravon hukm etti Mulkorog‘akim bot, Chu fahm etting atibbodin maqolot. Necha kun qilg‘umizdur azmi daryo, Safar asbobini qilg‘il muhayyo. Vazir andoqki torti hukmi oliy, Muhayyo qildi hukm o‘lg‘onni holi. Murattab bo‘lg‘och ish hukm ayladi shoh, Borib shahzodani qilmog‘liq ogoh. Ne so‘zkim o‘tti, arz etmoq tamomin, Aning daryo sori bo‘lmoq xiromin. Eshitgach qissani shahzoda Farhod, Nishot aylab hazin ko‘ngli bo‘lub shod. Dedi: «Shah ollida ayting rayomim Ki, shah komi erur olamda komim. Ne haddim ulki degaymen o‘g‘ulmen, Bori qullardin o‘ksuk xasta qulmen. Qayon azm etkoli bo‘lsa yarog‘i, Mening boshim durur shahning ayog‘i». Chu shahg‘a qildilar bu nuktani fosh, Duo qildi ko‘ziga to‘ldurub yosh. Dedi: «Aylab murattab kemalarni, Soling onda keraklik nimalarni Ki, men ham ayladim ko‘nglumni jozim Ki, tongla bo‘lg‘amen daryog‘a ozim». Eshitgach bu xabarni shohzoda, Nishoti bo‘ldi ayturdin ziyoda. Base taskin hazin ko‘nglig‘a berdi Ki, maqsudi aning bu nav’ ish erdi Ki, zohir aylabon bir tavr hiyla, Bir ishni aylagay nav’i vasila Ki, Xoqon tormoyin andin kudurat, Ul etgay azmi g‘urbat bizzarurat. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 154 Bu ish maqsudig‘a monand bo‘ldi, Bag‘oyat xotiri xursand bo‘ldi. Tushub daryo kibi ko‘ngli aro jo‘sh, Kema og‘zidek og‘zi lek xomush. Tamavvujdek xayolig‘a tasalsul, Tasalsul topibon yuz ming taxayyul. Ketur, soqiy, Muhiti bodai ol, Bu daryo ichra sog‘ar zavraqin sol. Erur g‘am bahrida jismi haqirim, Hamul zavraq bila bo‘l dastgirim. XXVIII Xoqon bila Farhodning sirehr tavsanidek xinglardin inib falak buxtisidek junglarga minib Chin sirohining sabo xayli daryo yuziga chin solg‘ondek bahr maydonig‘a sabodek betahoshi kirmoqlari va muqavvas fulklar bila tiyrlari falak qavsi bila qazo o‘qidin nishona ko‘rguzmak va nahangvash jo‘ng og‘zi bila bodbonlar kafan rardasi bila go‘r og‘zidin fasona tuzmak va safoyin g‘aroyibidin necha harfi aytmoq va amvoj navoyibidin necha naqshe tortmoq va sarsarning zolim sirohi daryo olamidin rustaxez chiqarib «va izal-bihoru fujjirat» 1 tafsirin mavj xututidin bahr sahifasida sizmoq va ko‘lokning nihoyatsiz tog‘larining taoqubi «va izal-jibolu suyyirat» ma’nosin kema tiyri no‘gi bila falak avroqig‘a yozmoq va ko‘rrak falakvash kemani fano nahangi yutmoq va daryovash safinalar adam daryosi tubin tutmoq va Xoqonni daryo talotumi Mulkoro bila Chin mulkiga solmoq va Farhod ishq daryosida qolg‘ondek ul xunxor bahr aro taxtarora uzra qolmoq Bu daryo ichra ulkim bo‘ldi g‘avvos, Chiqordi bo‘yla durri ma’niyi xos Ki, tayyor o‘ldi chun daryo yarog‘i, Bo‘lub ozim shahu shahzoda dog‘i. Surub markabni daryo sohilig‘a, Oyu kun keldi mohi manzilig‘a. Nazarlar chun tengizdin oldi bahre, Yig‘ochdin bahr uza ko‘rundi shahre. Adaddin ko‘p kema bori yarog‘liq, Savodi bir muazzam shahr chog‘liq. Iki yuz jo‘ng hadsiz har biri keng, Falak jo‘ngini har bir tutmayin teng. Uchi ko‘k Hutiyu Savrini sonchib, Tubi yer govu mohisini yonchib 3 . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling