Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
179
Aningdek teshadin sekrib ushoq tosh 
Ki, nozir bir yig‘ochdin qochurub bosh. 
Uchub yetkanda zarbi dasti oning 
Ki borib o‘n yig‘och farrasti oning
12

Hamul kun-o‘q daleri xorabur gov, 
Muhayyo qildi xoro ichra bir nov 
Ki, uch yil ikki yuz xorobur ustod, 
Ola olmay ham oncha xoradin dod. 
Hunar mundog‘ chu zohir ayladi ko‘b, 
Tushub ul tog‘ aro el ichra oshub. 
Bo‘lub ham korgar, ham korfarmoy, 
Mihinbonu qoshig‘a dashtraymoy 
Ki, qilg‘aylar bu ishkim ko‘rdilar naql, 
Inonmas garchi oni ko‘rmayin aql. 
Ketur soqiy, manga ul la’li rangin 
Ki, tushti g‘am yuki ko‘nglumga sangin. 
Aningdek mayki, chun og‘zimg‘a yetkay, 
Ichimda dardu g‘am toshin eritkay. 
XXXI 
Farhodning teshasi toshni pora-pora qilmog‘ bila tog‘ bag‘rig‘a kov-kov solg‘on sadoni Shirin 
eshitgoni va quyosh tog‘din tulu’ qilg‘ondek ul ko‘hi balo sarvaqtig‘a yetgoni va aning metini 
lam’asining barqi munung xorodek ko‘ngliga asar etgoni va quyosh tufroqqa nur sochqondek ul 
xokiyga mehr zohir qilg‘och, aning tufrog‘dog‘ilardek o‘zidin ketgoni va umri quyoshi boshig‘a 
kelgach aning hayoti sham’i o‘chg‘oniga Shorurning sham’dek kuyub yig‘lab boshig‘a o‘t chiqorg‘oni 
va o‘lukni mahdg‘a solg‘ondek ul quyosh oni tufrog‘din ko‘tarib bihisht oso manzilig‘a olib borg‘oni 
Xabar berguchi sarrofi guharrosh, 
Bu yanglig‘ ayladi naqdi xabar fosh 
Ki, chun ul xaylni hayrat qilib dang, 
Qilibon Armaniya sori ohang. 
Boqib Farhodning kesgan toshig‘a, 
Xabar yetkurdilar Bonu qoshig‘a 
Ki, mundog‘ navjavone bo‘ldi raydo 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
180
Ki, bo‘ldi ko‘rmokidin xalq shaydo. 
Bu yanglig‘ xora kesmak qildi bunyod 
Ki, qilmoq mumkin ermas odamizod. 
Jahon ahlidek ermas vaz’u tavri, 
Bir andoq ko‘rmagan aflok davri. 
Malakvash odamidur ko‘hmonand, 
Kesakdur teshasig‘a ko‘hrarkand. 
Nekim ko‘rganni kelganlar yako-yak, 
Turub arz ettilar beshubhau shak. 
Mihinbonu eshitgach hayrat etti, 
Inonmay bir zamone fikrat etti. 
Xabarg‘a chun ayon bo‘ldi tavotur, 
Ishondi, lek oni eltib tahayyur. 
QO‘pub gulrux harimin qildi ma’vo. 
Nechukkim ravzai jannatni Havvo
1

Dedi: «K-ey bog‘i umrum sarvi nozi
Harimi xilvatim sham’i Tirozi. 
Ko‘ngul mehri uzoring birla xursand, 
Soching har torig‘a jon rishtasi band. 
Eshitkim, turfa roze kelturubmen, 
Hadisi dilnavoze kelturubmen. 
Seni Haq xo‘blardin qildi chun fard, 
Erur bori ishing o‘zungga darxurd. 
Arig‘ qozmoqnikim hukm aylamishsen
Qatiq toshlarni qozsunlar demishsen. 
Bu ham bir ish dururkim qilmamish xalq, 
Muningdek ish qilurni bilmamish xalq. 
Agarchi sa’b edi boshtin-ayog‘i, 
Qazo sahl etkon ermish oni dog‘i. 
Birov, derlarki, raydo bo‘lg‘on ermish, 
Qiyomat oshkoro bo‘lg‘on ermish». 
Eshitgandek ani tavru shiorin, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling