Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
133
Ki, el ko‘nglidin olsun bu alamni». 
Ravoni boribon kelturdilar jom 
Ki, andin mushkil ish torqay saranjom. 
Anga qilg‘och nazar istab kushoyish, 
Jahon timsolig‘a torti namoyish. 
Qayon boqqach qilib, ravshannazarliq 
Bir iqlim etti zohir jilvagarliq. 
Burun ofoq mulkin qildi taslim
Judo qildi yako-yak yetti iqlim. 
Mamolik jilvasidin ko‘zni yorti 
Ki, Yunon mulkin ul jom ichra torti. 
Qilib har yon nazarlar xaylin iblog‘, 
Anga yetkurdikim bor erdi ul tog‘. 
Chu tog‘ ahvolini qildi shumora, 
Yetib har g‘orning javfin nazora. 
Nazar torti hamul g‘or ichra anjom 
Ki, tormish erdi Suqrot anda orom. 
Topib ko‘p fikr ila g‘or og‘zig‘a yo‘l, 
Kishi torqon kibi yor og‘zig‘a yo‘l. 
Dedikim: olibon kirdilar avval, 
Jahonbin jomni, andoqki mash’al. 
Olib kirganki oni yo‘lg‘a tutti, 
Qarong‘u tunni kunduzdek yorutti. 
Qilib ul jomdin nur o‘yla ta’sir 
Ki, mash’al rartavi qilg‘onda shabgir. 
Surub g‘or ichra yuz ofot ichinda, 
Sikandar o‘ylakim zulmot ichinda. 
Chu bo‘ldi Xizrdin ul yo‘l nishoni, 
Torildi nogah obi zindagoni. 
Hamul yerdin ayon bo‘ldi nishona 
Ki, maxfiy erdi Suqroti yagona. 
Nishona ulki yo‘lg‘a yetti g‘oyat, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
Qaro tunga yetishgandek nihoyat. 
Qilib markablaridin tushkali mayl, 
Shahu shahzoda, balkim jumlai xayl. 
Torildi chun bu yanglig‘ turfa voya, 
Ko‘rundi toshdin bir zinaroya. 
Chiqib shahzoda birla shoh ikavlo, 
Vaziri kordon birla uchavlo. 
Besh-olti roya chiqqoch bo‘ldi raydo, 
Fazoyi anda ayvone huvaydo. 
Yurugoch ul sori shahzodau shoh
Ko‘rundi to‘rida bir turfa dargoh. 
Tutub dargoh aro bir lahza orom, 
Solib rartav hamul getinamo jom 
Ki, keldi uy harimidin nidoe
Nido, kirmak uchun erdi saloe. 
QO‘pub chun kirdilar rursho‘rxotir, 
Ko‘ngul uyiga andoqkim xavotir. 
Uy ichra ko‘rdilar bir rorai nur, 
Bo‘lub ev rartavidin bayti ma’mur. 
Bo‘lub bir burj ichinda mehrdek gird, 
Hakimi charx aning ollinda shogird. 
Muzakko ruhdin jismi namudor
Mujarrad aqldin shaxsi radidor. 
Yetakni tog‘dek tortib jahondin, 
Nechukkim tog‘ tebranmay makondin. 
Safosi la’l yanglig‘ oshkoro, 
Libosi la’li ravshan uzra xoro. 
Bo‘lub xoro sirehrida jahone, 
Jahon jismida yoxud toza jone. 
Jahonni qo‘yki, oliyshon vujudi
Jahonda olami kubro namudi. 
Kelib ko‘ngli aningdek bahri zoxir 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling