Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
Hamul suv ichra g‘usli ayladi pok
Yubon g‘am chirkini bo‘ldi tarabnok. 
Sujud etti tilab maqsudig‘a yo‘l, 
Tazarru’ aylabon Ma’budig‘a ul. 
Ko‘targach boshni ko‘rdi sabzro‘she, 
Yuzi nuroni andoqkim Surushe. 
Chu ko‘rdi oni, holi torti tag‘yir, 
Buyurdi lutfu shafqat ko‘rguzub rir 
Ki, ey farzand, g‘amdin barkaron bo‘l, 
Bu ishkim koming o‘lmish, komron bo‘l. 
Meni Xizr anglakim, tuttum yo‘lungni 
Ki, to bu yo‘lda tutqoymen qo‘lungni. 
Sikandar birla chun mehnatg‘a tushtuk, 
Tilab hayvon suyin zulmatg‘a tushtuk. 
Suv istab ul ko‘p urdi har taraf gom 
Va lekin yetti ul suvdin manga kom. 
Mening jonim chu ul suv birla qondi, 
Sikandar jon chekib, labtashna yondi. 
Ishin chun qildi charx aylab hasad band
Chiqib ofoq aro bo‘ldi rasadband. 
Anga ish bog‘lamoq bo‘ldi hamesha, 
Manga ochmoq aning bandini resha. 
Tilismi hamki bog‘labdur zamiri, 
Ocharda menmen elning dastgiri. 
Tilismedinki band o‘lmish bu vodiy, 
Kelibturmen sanga bo‘lmoqqa hodiy. 
Chu mundin yo‘lga kirgungdur saranjom, 
Sana har nechakim urgungdurur gom. 
Ko‘rungay chun tilismi charxmonand
Hisore bo‘lg‘usi gardung‘a rayvand. 
Hamul yerdin o‘n ikki ming qadamdur, 
Vale har bir qadamda yuz nadamdur. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
Yo‘li o‘r, yuqqoridur toshi malso
Quyiroqdur kishi bir gomin olso. 
Yo‘li bir so‘qmoq ikki sori xora, 
Itik har xora andoqkim katora. 
Kishi har necha yo‘l qilg‘on esa tay, 
Hamul yo‘ldin chiqorsa nogihon ray. 
Itik xoro oyog‘in aylabon chok, 
Ko‘rar bu chashma uzra o‘zni g‘amnok. 
Vagar xud tuz yurub qat’ ayladi yo‘l, 
Chu o‘n bir ming qadam qat’ ayladi ul 
Bo‘lur yo‘lda ayon bir xora darband
Temur zanjir ila bir sheri nar band. 
Kishini yutqudek og‘zin ochib keng, 
Degil darband ila og‘zi erur teng. 
Kishikim o‘tsa andin baxt o‘lub rom, 
Erur qo‘rg‘on eshigi yona ming gom. 
Chu to‘qquz yuz qadam ursa yurub tuz, 
Yo‘l uzra taxtasange ko‘rguzur yuz. 
Anga chiqqoch kishikim tersa mahkam
Ochilur qal’aning darbandi ul dam. 
Bo‘lur darvoza ichra oshkoro, 
Temur jismiki qilmish paykar oro
2

Erur odamg‘a monandu mushobih, 
Iligida temurdin yo qilib zih. 
Chekib ul yog‘a bir o‘q oshkoro 
Ki, xoro toshidin o‘tgay guzoro. 
Va lekin ushbu raykar roy to farq
Bo‘lub o‘tdek temur o‘rchin aro g‘arq. 
Aning ko‘ksida bir oyina bog‘liq, 
Safo ichra quyosh ko‘zgusi chog‘liq. 
Kishi ul yuz qadam yerdin chekib o‘q, 
Otib ursa hamul oyinani-o‘q. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling