Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
Anga kirgan kishiga zor yig‘lab. 
Shamolikim solib har yon g‘irevi 
Degilkim, na’ra aylar narra devi. 
Bo‘lub har sabza no‘gi nishtari tez
Ne nishtar, qon to‘karga xanjari tez. 
Qayonkim yel yetishgach tebratib shox 
Ishoratkim: bu sori kirma gustox. 
Chinori tebratib ilgini har yon 
Ki, ey kirgan kishi, Tengri uchun yon! 
Ul aylab Haq taolog‘a tavakkul, 
Bu besha ichra surdi betaammul. 
Kesib yo‘l o‘ylakim oshuftaroe 
Ki, bo‘ldi beshada raydo fazoe. 
Sarosar ul fazoda sabzau vard, 
Va lekin sabzai ranju guli dard. 
Chu qildi ul sori surmak xayoli
Ko‘rundi ollida bir qasri oliy. 
Surub ul qasr sori devzodin, 
Qilib devu Pari Tengrisi yodin. 
Tovush chun ongladi ifriti qattol, 
Chiqardi boshki, fahm etkay nedur hol. 
Ne ko‘rdikim yiroqtin shahsuvori, 
Kelur rarvosiz oning qasri sori. 
Ko‘runub hay’atidin tezhushluk, 
Bilinib raykaridin devkushluk. 
Chu ko‘rdi Ahraman ul kavkabi sa’d, 
Urub bir qahqaha ul nav’ikim ra’d. 
Chiqib keldi sahobi qahr yanglig‘, 
Ayog‘din-boshqa tegru zahr yanglig‘. 
Sochib olamg‘a jismi beqarori
Qiyomat o‘tiyu do‘zax sharori. 
g‘ururidin zamon bo‘stonig‘a larz, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
Xurushidin falak ayvonig‘a darz. 
Tanida har sari mo‘ bir sinondek, 
Sinon yo‘q, balki ajdarvash yilondek. 
Tomib chun jismidin har qatrai rev
Yetib tadrij ila charx oni bir dev. 
Qaroliqdin yuzi shomi malolat, 
Uzunluqda bo‘yi ro‘zi qiyomat. 
Qo‘lida bir sutun balkim chinore, 
Tuzu hamvor andoqkim minore. 
Uchida berkitib bir ko‘hrora, 
Bo‘lubon dastasi oning minora. 
Chekib boshig‘a bu andozaliq gurz 
Ki, gar ul teksa, tufrog‘ o‘lg‘ay Alburz. 
Aningdek urdi yuz shahzoda sori 
Ki, sarsar savsani ozoda sori. 
Debon: «K-ey g‘aflatoyin odamizod, 
Bitilgan davri charx ollingg‘a bedod. 
Bu beshakim o‘tarda vahm etib lol
Solur babr anda ranja, sher changol. 
Malak o‘tsa o‘char oning hayoti, 
Uqob uchsa kuyar oning qanoti. 
Bu kelmakdin sening nedur xayoling 
Ki, kirmish qoninga fikri maholing». 
Bu yanglig‘ ko‘p yasab muhlik navola, 
Boshig‘a gurzini qildi havola. 
Bo‘lub shahzoda qalqonig‘a moyil, 
Qilich birla chorib gurzin hamoyil. 
Aningdekkim tushub boshig‘a toshi, 
Bo‘lub ul toshdin ozurda boshi. 
Tushub o‘t Ahramang‘a ko‘rgach oni, 
Tutub bosh, qasrig‘a qaytib ravoni. 
Tutub bir gurz ondin sahmginroq, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling