Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
Ko‘ngulni Haq sanosin derga qo‘ydi. 
Bajo kelturdi chunkim shukri Bori
Chiqib azm etti qolg‘on xayli sori. 
Chu markab beshadin toshqori surdi, 
Cherikni bas ajab holatda ko‘rdi. 
Borida Ahraman xavfi radidor, 
Taabdin titrab andoqkim saridor. 
Ko‘rungach shohzoda ko‘zlariga, 
Yana bori kelibon o‘zlariga. 
Ko‘rub xoqoni Chin Farhodni shod, 
Bo‘lub ul dog‘i shod andoqki Farhod. 
Dema Farhodkim, fardi zamona
Cherigin boshlabon bo‘ldi ravona. 
O‘tub el Ahramanning beshasidin, 
Bo‘lub fard Ahraman andeshasidin. 
Yetib ul sabzau dilkash fazog‘a, 
Yeramdek ruhbaxsh obu havog‘a. 
Tushurdi qasr davrida cherigin, 
Ochib ul qasrning oliy eshigin. 
Atosi birla dasturi kiromi, 
Uchovning qasr aro bo‘ldi xiromi. 
Xazoyinni ikovga qildi taslim
Qilib xotam hadisin dog‘i tafhim. 
Yana yetti alarg‘a shodmonliq, 
May istab zohir o‘ldi komronliq. 
Hamul shohona bazmi ishratanjom, 
Tuzuldi ul sifatkim burnog‘i shom. 
Chu gardun Rustami xur tig‘in oldi, 
Zamon oq devining bo‘ynig‘a soldi. 
Halok aylab ani holi tabohi, 
Jahonni tiyra qildi dudi ohi. 
Alarg‘a ayshu ishrat erdi boqiy


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
Bo‘lubon jilvagar gulchehra soqiy. 
Labolab Ahraman boshi kibi jom, 
Tutub aylarlar erdi boda oshom. 
Kel, ey soqiy, manga may qil havola
Yetibon Ahraman boshin riyola 
Ki, qilg‘ay ul qadahdin ruhi mastim, 
Zamone nafs devin zerdastim. 
XXIV 
Farhodning Suqrot tog‘i tilismin ocharg‘a kamar bog‘lab hayvonvash chashma tegrasidagi marg‘zori 
axzarda Xizr muloqotidin sarsabz bo‘lg‘oni va Xizr anga Xizri rah bo‘lub g‘am zulumotidin chiqorib, 
hayot suyidek ta’limlar bila toza hayot bergoni va g‘am tilismi aning ko‘nglidin ochilg‘onidek aning 
tilismi g‘amidin ko‘ngli ochilg‘oni va Xizrning jismi tilismida ravshan ko‘nglidek tilism jismida jomi 
jahonnamoy torqoni va ul jomg‘a Xizr suyidek may solib Sikandar yodi bila no‘sh etgoni 
Chu zulmat ra’yati bo‘ldi nigunsor, 
Quyosh Iskandari ko‘rguzdi ruxsor. 
Bezaldi gunbazi axzar tilismi, 
Tamom andoqki Iskandar tilismi. 
Yana Farhod kiydi ish libosin, 
Boshida toza aylab muddaosin. 
Atosining ayog‘ig‘a dajamvor 
Tushub, aylab o‘zin tufroqqa hamvor. 
Tilab himmat, duo birla qurub tez
Jahonraymosi uzra ayladi xez. 
Yana ish azmig‘a bo‘ldi ravona, 
O‘qub xotam duosin bexudona. 
Radid o‘ldi falakdek marg‘zore, 
Quyosh yanglig‘ ichinda chashmasore
1

Zuloliy chashmai hayvon masallik, 
Bo‘lub har qatra andin jon masallik. 
Qirog‘inda daraxti ko‘kka hambar, 
Bu hayvon suyi, ul — Xizri rayambar. 
Yetib Farhod anda bo‘ldi xurram, 
Yig‘ochqa bog‘labon raxshini mahkam. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling