Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
135 Ki, anda zohir avval to ba oxir. To‘la durluq sadaf yanglig‘ bo‘lub Kim, Bu daryo ichra yuz ming charxu anjum. Yuzi mir’oti anvori Ilohi, Ilohiy sirrini anglab kamohi. Xayining qatrasi tomg‘onda bir-bir, Sochib anjum kibi olamg‘a ta’sir. Bo‘lub g‘orida har dun ankabuti, Bir usturlobi 7 gardun ankabuti. Falakdek tab’i soyir, jismi sokin, Safar aylab, vale yo‘q sayr mumkin. Sirehri hilm zotidin huvaydo, Shukuhi ilm ruxsorida raydo. Ko‘rungach bu sifat oliy guhar zot, Bo‘lub xam ollida yer o‘rtilar bot. Shukuhidin bo‘lub betob tanlar, Ko‘ngullar za’f etib, titrab badanlar. Ko‘z ochti chun amini maxzani roz, Alarni qildi so‘rmoq birla e’zoz Ki, muhlik yo‘l mururidin nechuksiz, Baliyoti zaruridin nechuksizg‘ Quyi solib bori boshlarni filhol, Javob ayturg‘a tillar sarbasar lol. Dedi xoqong‘akim: ko‘p chekting emgak, Yevazlar bergusidur Tengri beshak. Bizing soriki kelding ko‘p chekib ranj, Agarchi yo‘lda ro‘ziy bo‘ldi ko‘p ganj. Adadsiz javharu naqdi kiromi, Sulaymon xotami, Jamshed jomi. Yana ham ikki mujda yetkururbiz, Qo‘lungg‘a ikki javhar torshururbiz. Biri bu ikki javhardin xabardur, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 136 Biri bir javhari oliy asardur 8 . Xabar bukim, hayoting ko‘p yil o‘lg‘ay, Dag‘i ko‘p mulk fathi hosil o‘lg‘ay Ki, ajdodingda qilsang necha fikrat, Yo‘q o‘lg‘ay sencha surgan umru davlat. Yana bir muhraedur naf’liq, bil Ki, chun qolg‘ung jahon mulkida ko‘p yil. Agar za’feyu ranje bo‘lsa tori, Va gar yetsa qoriliq inkisori. Qachon ul muhrani og‘zingg‘a tutsang, Yevursang har yonu suyini yutsang. Maraz — sihhat bila bo‘lg‘ay mubaddal, Ano — quvvat bila bo‘lg‘ay mubaddal. Qariliq ranji daf’ o‘lg‘ay tamomi, Shabob o‘lg‘ay aning qoyim maqomi. Chu Mulkorog‘a fosh etti bashorat, Bu nav’ etti bashoratlig‘ ishorat Ki, chun sen dog‘i tortib ko‘p alamni, Bu sori ranjag‘a solding qadamni, Necha shah bo‘lsa olam taxtgiri, Sen-o‘q bo‘lg‘aysen ollinda vaziri. Qachonkim yetsa ranju za’fdin band, Seni ham muhradin qilg‘ay barumand. Va lekin ollingizda bir xatar bor Ki, ondin borchag‘a joyi hazar bor. Anosirning ikisidin durur bu, G‘alat gar qilmasam: yel bo‘lg‘ayu suv 9 . Agarchi bo‘lg‘usi ko‘p ranja bo‘lmoq, Xudoy etkay nasib ondin qutulmoq. Chu ondin o‘tti ersa umr rosi, Bo‘lur aql etsa besh yuz yil qiyosi. Alarg‘a tegurub bu mujdalarni, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling