Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
taqsim qilib Suqrot g‘orin torqonidin yo‘l ko‘rguzmak va jom rartavida yo‘l ohangi qilmog‘idin tarona 
tuzmak va alarg‘a Suqrot gavhari tog‘ konida lome’ bo‘lub tilism mushkilin «koniyan minkon»
1
 
ravshan qilmog‘i va ul gavhari adam konig‘a kirib bu sayrafiylar
2
 maqsudin gavharin iliklab 
qaytmoqlarni kayfiyatining aytilmog‘i
Sahar Suqroti chun tog‘ avji tutti, 
Jamoli nuri olamni yorutti. 
Sirehr avroqidin asbobi oning
Quyosh jirmidin usturlobi oning
3

Yana Farhod istab ishga somon, 
Minib tavsan uza bo‘ldi xiromon. 
Yuz urdi betaammul tog‘ sori 
Ki, anda dedilar Suqrot g‘ori. 
Ravon xoqonu dasturi hunarvar
Aning keynicha surdilar takovar. 
Xaloyiqqa azimat ko‘si urmay, 
Cherikni chashma boshidin ko‘churmay. 
Ming, ikki mingcha xosul xos xodim, 
Bo‘lub xoqon rikobida mulozim. 
Surub Farhod keynicha shitobon, 
Yetishtilar qilib qat’i biyobon. 
Aning birla bo‘lub ul yo‘lda hamroh, 
Kesarlar erdi vodi xayl ila shoh. 
Yetishgach tog‘ning domonasig‘a, 
Hakimi ahd xilvatxonasig‘a 
Solib ko‘z, ko‘rdilar hadsiz biyik tog‘, 
Yer oning zaylida bir to‘da tufrog‘
4

Zuhal boshig‘a yetib boshi oning
Falak jomin ushotib toshi oning. 
Yig‘ochi soyasida charx koxi, 
Quyiroq shoxasidin sidra
5
shoxi. 
Urub tig‘i falak jismig‘a suhon, 
O‘tub ul jismdin andoqki ko‘hon. 
Bukim ko‘ktin o‘tub suhonliq aylab, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
132
Falak buxtisig‘a ko‘honliq aylab. 
Qamar ojig‘a suhonidin andom, 
Taharruk ojg‘a, suhong‘a orom. 
Aning avjida qorikim radidor, 
Qirilg‘on oj ushog‘idin namudor. 
Ko‘runub takasidin Jady roya
Asad qorlonining ostida soya. 
Chiqib javfida yuz ming chashma raxshon, 
Biri ul jumladin mehri duraxshon. 
Giyoh anda tuman ming borcha nofe’, 
Adadsiz ranjg‘a har qoysi dofe’. 
Biyiklik ichra to‘qquz osmoncha, 
Tubining davrasi ikki jahoncha. 
Ayon atrofida rayg‘ora
6
bisyor 
Ki, idpokida bo‘lmay aqlu his yor. 
Yo‘q anda g‘orning boshi-ayog‘i, 
Ne oning uchi raydo, ne qirog‘i. 
Aningdek har birining javfi tira 
Ki, andin mehri anvar sham’i xira. 
Agar kirsa anga badri muniri, 
Ko‘runub tiyralikdin qursi qiri. 
Bu yanglig‘ tira har birning savodi
Savodi ichra har yon tog‘u vodi. 
Oqib vodida yuz daryoyi xunxor, 
Tog‘ ichra xud ming ajdarhoyi xunxor. 
Yetib ul tog‘ aro shahzodau shoh, 
Chu bo‘ldilar bu kayfiyatdin ogoh. 
Qilib Xoqonni hayrat lolu ojiz 
Ki, bilmas erdi mundoq yerni hargiz. 
Bo‘lub ul chorag‘a Farhod mulham, 
Berib shah birla xaylig‘a ko‘ngul ham. 
Dedikim: «Hozir aylang jomi Jamni 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling