Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
622
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 338 Qilsa kul jismimni o‘rtab otashin oraz guli, Har ovuch kul dahr bo‘stonida bo‘lg‘ay bulbule. Xattu ruxsorin tilab g‘am shomi cheksam o‘tluq oh, Har sharardin ko‘k shabistonida ochilg‘ay gule. Zulfi savdosida o‘lsam tortqay qabrimda bosh Har giyahdin xo‘shae, har xo‘sha bo‘lg‘ay sunbule. Tushta ayshim subhig‘a kirdi balo shomi magar, Qasdima sho‘xe uzori uzra ochmish kokule. La’li ruhafzosini ko‘rsun biravkim, ko‘rmamish, Ruhoshom aylabon sarmast bo‘lg‘udek mule. May nihon ichsam kerak og‘zim qo‘yub kup og‘ziga. Kim, tugatsam chiqmag‘ay andin sadoyi qulquli. Ey Navoiy, istasang bo‘lmoq zamiring lavhi pok, May suyin kelturkim, ani g‘ayr naqshidin yuli. 623 Orazing zar huqqalardin, ey malohat mash’ali, Mushafedur lojuvardu oltun aning jadvali. Turfa oedur uzoring, ko‘k anga moviy libos, Anjum aning tanga-tanga basma qilg‘an zarhali. Har nafas ortar jamolingning safosi ko‘zgudin, Ko‘zguning andoqki kuldin bo‘lg‘ay afzun sayqali. Bir pariydur lolazor ichra sarig‘ gullar aro Yo ul oy egnidadur zarbaft gulgun maxmali. Husni atrofida, ey mashshota, har yon qo‘yma xol Kim, Xo‘tan mulkida hindularning o‘lmas madxali. Nav arusi dahr aqdin istama, ko‘pkim arus Oxiri ifrit o‘lur, garchi pariydur avvali. Ey Navoiy, vusma birla kesmadin topqan fireb, Gar malakdurkim, bo‘lur shaytonsifatlar mahzali. 624 Kamand uchig‘a yetkurmas g‘amu andesha ayyori, Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 339 Biyik chekmish magar mayxona tomin sun’ me’mori. Xumorim za’fida kahgil isi to yetti mast o‘ldum, Suvalmishdur magar may loyidin mayxona devori. To‘la kup og‘zi may xurshididur, go‘yo teng ochilmish Chekarda bu iki xurshid davrin sun’ pargori. May ichmish xonaqah shayxi, harobat ahli, aysh aylang Ki, chiqmish baxya urg‘an xirqasidin mablag‘i kori. Ko‘rungan mosivo budi emas balkim namudedur May ustida hubobu mavj shaklining namudori. Hubobu mavj may tahrikidin zohir bo‘lur, lekin Sukun topqach vujudi maydin o‘zga qaydadur bori. Quyosh aksimudur hayvon suyida yo ko‘runmishdur Ravonoso may ichra soqiyi gulchehra ruxsori. Fano dayrin ko‘ngul istarki, bir-bir piri dayr elga Tutarda boda shoyad jur’ae sung‘ay bizing sori. Navosidin fano chun hosil o‘ldi qilg‘asen, ey ishq, Navoiy rishtayi jonin mug‘anniy udining tori. 625 Emas bog‘ ichra sarig‘ lola zanbaq bilki, har sori Yangi dog‘ o‘rtab ul gul ishqidin sarg‘ardi ruxsori. Bu humrat birla ermas otashin gul, oq gul erdikim, Yuzung barqidin o‘t tushti angakim, bo‘ldi gulnoriy. Qading ollida bo‘lg‘an jilvagar oq savsan anglakim, Ko‘k etti barcha a’zosin sabo kojining ozori. Shajar yafrog‘lari o‘qdek qadingning hajrida bordur Boshog‘larkim, chaman ashki namidin bo‘ldi zangoriy. Dema kunduz, qarong‘u tun edi, chun pardadin chiqting, Jahonni qildi kunduzdek yuzung mehrining anvori. Desamkim, haqdurur mavjudu ashyo har nedur nobud, Hubobu mavji bahr uzra erur aning namudori. Navoiyning aqiq ashki ol erdiki, tutmish rang, Suhayli orazing go‘yoki qilmish lam’a izhori. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling