Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
330 Bu damki, ko‘yida jismimni dahr xok etti. Yuzungga ulki quyosh tobi berdi yuz ming shukr, Quyosh kebi meni ham ishqing ichra pok etti. Xush ul dameki, degaylar fano o‘tig‘a falon Qadam qo‘yarda ne vahm ayladi, ne bok etti. Ne may, ne jom, men usruk hamesha, go‘yo ishq Tanim hadiqasida raglarimni tok etti. Navoiyni tila andin burunki, degaylar Adam yo‘lin tutub ul zori benavo etti. 606 La’lingga bog‘landi jonim hajr elindin ol ani, Zulfungga chirmashti ko‘nglum qilmag‘il pomol ani. Bog‘ladi ko‘nglum manga oshiqlig‘ining tuhmatin, Shart qildim ko‘rgach-o‘q rasvo qilay filhol ani. Sendin ayru xo‘blardin ochilur ko‘nglum, vale G‘uncha yanglig‘kim, ocharlar kuch bila atfol ani. Ey sabo, bag‘rimg‘a sanchilg‘an tikankim, anglading, Bo‘lsang ul gul birla hamdam qilg‘asen irsol ani. Ul alifkim, nil ila chekting uzoring yonida, Husn ichinda birga o‘n qilmish yonida xol ani. Bu chaman kayfiyyatin ozodaekim qildi fahm, O‘n tili savsandek o‘lsa hayrat aylar lol ani. Ey Navoiy, deb eding ko‘rgach ani jon topshuray, Bo‘lsa bu davlat muyassar qilmag‘il ehmol ani. 607 Qani visolingga bir mendek orzumande, Visol umidi bila mehnatingg‘a xursande. Fano mayin ichib ovoralig‘ yo‘lin tuttum, Nasihat ahli manga emdi bermangiz pande. Erur tanimdagi yuz dog‘ birla munglug‘ jon, Gadoki, to‘nig‘a har sari solsa payvande. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 331 Sabab bu erdi ekin xilqatidin odamning Ki, bo‘lg‘ay anga seningdek xujasta farzande. Ko‘ngulni sho‘xlar andoq talashtilar kesishib Ki, qolmadi meni bedil nasibi parkande. Chog‘irni oqil esang la’l deb qizitma dimog‘ Ki, o‘tni islamadi gul debon xiradmande. Ajal, Navoiyni qutqaz baloyi hirmondin Ki, ul zaif bu dard ichra asru emgandi. 608 O‘tum xud etmadi ul toshbag‘irg‘a ta’sire, Bu yona o‘tki, topilmas bu ishga tadbire. Ne turfa suvrati bordurki, hech suvrat ila, Qazo musavviri qilmadi buyla tasvire. Shikoyatim ko‘pu qolmas seni qachon ko‘rsam, Tanimga tobu tilimga majoli taqrire. Tushunda obi hayot ichtim, ohkim, kelmas Ko‘ngulga la’lini o‘pmakdin o‘zga ta’bire. Meni muqayyad etar bo‘lsang ochma halqayi zulf Ki, pashsha qaydig‘a yo‘q ehtiyoji zanjire. Gul ichra shabnam ila xurdadur suyu dona, Magarki, qaydig‘a bulbulnung etti tazvire. Navoiy yordin ar zulm erurki, lutficha bor, Sen etmasang kerak o‘z qullug‘ungda taqsire. 609 Jonim chiqadur, hajr ila jonon kerak erdi, Ko‘nglum kuyadur, dard ila darmon kerak erdi. G‘am shomida parvona sifatkim, kuyadurmen, Boshim uza ul sham’i shabiston kerak erdi. Ko‘z bog‘ida yuz gul ochadur ishq, valekin Yuzu xatidin lolavu rayhon kerak erdi. Xush keldi hazin ko‘nglum aro g‘amzalaringkim, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling