Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
326
597 
Ey ko‘ngul, berding iligdin vaslining davronini,
Bilmading bu nav’ talx ermish g‘ami hijronini. 
Go‘yiyo Farhod erur tog‘ ichrakim, cheksam fig‘on,
Ul dag‘i hamdardlig‘din teng chekar afg‘onini. 
To‘tiyoe ko‘z tutarmenkim, ketursang, ey nasim,
Ko‘rsang ul badmehr chobuk turkning javlonini. 
Qoldi ko‘nglum senda, lekin asradim, ey qoshi yo,
Xasta ko‘nglum o‘rnida xokiylaring paykonini. 
Ne uchun kiymish qizil to‘n dahr bo‘stonida gul,
Gar oqizmoq istamas oshufta bulbul qonini. 
Tiyrboroni g‘aming jismimni qildi yerga past,
Vahki, yomg‘ur kasrati yiqti g‘aming vayronini. 
Ey ajal, tengri uchun ketkim bihil qilman sanga
Qo‘ymasangkim, dardi-o‘q olg‘ay Navoiy jonini. 
598 
Ul oyki, mehri ila olamni muhtaram qildi,
Bu telbaga nedin oyo nazarni kam qildi. 
Ko‘zum iziga yaqindur munga dag‘i yuz shukr,
Agarchi yo‘lida gardun qadimni xam qildi. 
Nasihat etsa ulus tezrak bo‘lur ishqim,
Bale, itikrak etar o‘tni ulki dam qildi. 
Firoq sharhini har kirpigim yozar, go‘yo
Falak mijamni tengiz ichragi qalam qildi. 
Ul oy azimat etib yuz g‘amu balo naqdin
Nasibim etti, yomon bormadi, karam qildi. 
Sipehr ishqda Majnung‘a yozdi ko‘p ta’rif,
Muqobilida zamona meni raqam qildi. 
Ko‘zumki qon aro bo‘ldi nihon ajab ermas
Ki, «ayn»g‘a chu dam o‘ldi qarin adam qildi. 
Shukufa siym chiqarg‘ach bu gulshan ichra xazon,
Havog‘a bargini sochmoq bila sitam qildi. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
327
Navoiy jismin o‘qung zaxmi etti domi balo,
Visol qushlari andin magarki ram qildi. 
599 
Mahvashekim mehridin bo‘ldum jahon ovorasi,
Rahm etib bir chora qilmas o‘lsa ham bechorasi. 
Zaxmlar qilding yana g‘am nishidin, ey bevafo,
Butmish erdi vasl no‘shi birla bag‘rim yorasi. 
Bevafolar ko‘ngli tong yo‘q lablaringga bo‘lsa sayd
Qaydakim la’l o‘lsa, atrofida bo‘lur xorasi. 
Yuziga boqqach, ajab yo‘q ko‘zlarimga to‘lsa ashk,
El ko‘ziga yosh to‘lar qilsa quyosh nazzorasi. 
Dardi hajringdin Navoiy ko‘ngli, ko‘ksi, bag‘ridur,
Har biri yuz poravu ming yara har bir porasi. 
600 
Qildim ul oy ollida oshiqlig‘im izhorini,
Men anga sirrim dedim bilman aning asrorini. 
Ko‘z qarosin hal qilib ul oyg‘a yozg‘um nomae,
Bore bu tazvir ila ko‘rgay ko‘zum ruxsorini. 
Ko‘zidin to jong‘a yetman la’lidin bermas hayot,
Ul Masih o‘ldum deganda tirgizur bemorini. 
Hayfdurkim, rishtayi tasbih qilg‘ay ahli zuhd,
Kufr zulfi ichra o‘lgan xalqning zunnorini. 
Orazing davrin chekarda go‘yiyo naqqoshi sun’,
Mehr davri birla teng ochmish edi pargorini. 
To‘kma jominkim, balo sayli jahonni buzmasun,
Mast ko‘rsang, zohido, dayri fano xammorini. 
Ey Navoiy, shavqidin o‘lsam imorat qilg‘asen,
Tufrog‘im birla muhabbat ko‘yining devorini. 
601 
Ohkim, ul ganj yod etmas bizing vayronani,
Ul quyosh bir zarra yorutmas buzug‘ koshonani. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling